O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


O’QUVCHILAR JAMOASINI TARBIYALASH


Download 0.99 Mb.
bet37/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

O’QUVCHILAR JAMOASINI TARBIYALASH.
O’quvchilar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo’li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo’yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi:

  1. O’quvchi shaxsiga qo’yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a’zosini hurmat qilish bilan qo’shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo’lib, har bir sinf rahbari yoddan chiqarmasligi shart. Sinfning ya’ni jamoaning eng yaxshi o’quvchilariga ko’proq talablar qo’yiladi, bu bilan ularga alohida ishonch va hurmat bildiriladi.

  2. Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan sinfning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo’yadi. Har yili o’quvchilarga ma’lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o’quv yili davomida qanday talablar qo’yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O’quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo’yilgan narsani talab qilish kerak.

  3. Talablar aniq bo’lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. O’quvchilar o’zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim.

O’quvchilarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O’quvchilar jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo’yishning ahamiyati juda katta. Agar jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo’lmasa, uni tashkil etish va jipslashtirish metodini topib bo’lmaydi. Istiqbollarni belgilashning ikki asosiy metodi bor:
1. Asosiy pedagogik talabni o’qituvchining o’zi o’quvchilar oldiga qo’yadi. Bunda u ana shu vazifalarni hal etish yo’llarini ko’rsatadi va jamoa a’zolarini qiziqtirishga intiladi;
2. Jamoa a’zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, sinf rahbari bu tashabbusni qo’llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish metodlarini topishga yordam beradi.
Birinchi metod o’quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida qo’yilib- yaqin kunlarga mo’ljallangan istiqbol deyiladi. Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda sinf faollari tomonidan qo’yilib-o’rta kunlarga mo’ljallangan istiqbollar deyladi. Agar belgilangan istiqbolalrni jamoani barcha a’zolari qo’ysa-bu uzoq muddatli istiqbollar deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi.
O’quvchilar jamoasi o’sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa oldiga o’rtacha va o’zoq istiqbollar qo’yiladi. Masalan: otaliqqa olingan bog’cha uchun o’yinchoqlar yasash, hosil bayramini o’tkazish, jonajon o’lka bo’ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar.
Jamoa doim faoliyatda olga intilishda bo’lishi uchun uning oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo’yish talab etiladi. Jamoa hayoti jo’sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin bo’ladi.
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o’rin tutadi. Jamoani hech bir narsa an’anachalik mustahkamlay olmaydi. An’analarni tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim vazifasidir. An’analari bo’lmagan maktab yaxshi maktab bo’lishi mumkin emas. Mavjud an’analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
A) kundalik turmush an’analari,
B) bayram an’analari
Kundalik turmush an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyatini – bir-biriga o’zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini- yosh meva ko’chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolgiz yashovchi keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o’z ichiga oladi.
Bayram an’analariga Navro’z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar kechasi, «Savodxonlik bayram»lari kiradi.
Har qanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq, tantanavor o’tishi kerak. Asosiy maqsad o’quvchilar o’tkazilayotgan tadbirning axloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda bo’lsagina, uning ta’siri kuchli bo’ladi.
Jamoani rivojlvanish bosqichlarida, jamoa a’zolarini xilma-xil faoliyati jarayonida har bir maktabda o’qiga xos an’analar yuzaga keladi. Bu yangi an’analar shu maktabda olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq bo’ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi an’ananing kelib chiqishida bolalarning faol ishtirok etishiga katta imkoniyatlar beriladi.
Maktab rahbarlari va o’qituvchilar o’quvchilar jamoasiga u yoki bu ortikcha an’anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak. Ularning vazifasi jamoa a’zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini bo’zmay, an’analarni yaratish zarurligini tushuntirish, an’analarni tayyorlash hamda o’tkazishda birgalikda ish olib borish, o’quvchilarni ana shu an’analarni davom ettirishga o’rgatishdan iborat. An’anaga har doim yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi.
An’analar yildan yilga ko’payib borib, asta-sekin maktabning o’ziga xosligini ta’minlaydi. Shunday qilib, o’quv-bilish faoliyati bilan bog’liq istiqbol va an’analar jamoa rivojlanishining barcha darajalaida muhimdir. Rivojlanishning yuqori darajasida sinfda obruli faollar, sog’lom ijtimoiy fikr mavjud bo’lganida, bunday istiqbol va an’analar o’quvchilarning darsdagi va darsdan tashqari faoliyatini qamrab olishi, xilma-xil, ba’zan murakkab shakllarga ega bo’lishi mumkin. Bu istiqbol va an’analarni amalga oshirish o’quvchilar ko’z o’ngida sham, boshqa sinf o’quvchilari, o’qituvchilar, ota-onalar ko’z ungida ham jamoa obro’sini oshiradi. Ko’pgina maktablarda sinf jamoalari har yili bilish va ko’ngil ochar dasturlari bo’lgan mavzuli maktab kechalari, fan haftaliklari tayyorlaydilar. Bu faqat baquvvat jamoanigina qo’lidan keladi. Bu tadbirlarni tayyorlashda odatda jamoaning har bir a’zosi band bo’ladi. Bunday istiqbol va an’analarning alohida tarbiyalovchi ta’siri shundan iboratki, sinf jamoasi uni yordamida umummaktab jamoalari bilan bog’lanadi.
Har bir jamoa o`zo`zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek , u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umumilliy jamoa bilan bog`lanadi. Ijtimoiy jamoaning ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatlaridir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy g`oyaviy yo`nalishi ham jamaoning faoliyati mazmunida o`z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kunda pedagogolimlar, bolalar jamoasini rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni quyidagi ikki bosqichga bo`ladilar
a) jamoani dastlabki jipslashtirish
b) jamoani shakllantirish uning har bir a`zosini individual rivojlantirishning qurolidir.
Jamoa hayotidagi har bir bosqichlarni ajratib ko`rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanganida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta`kidlaydi.
Pedagoglar jamoa munosabatlarining ichki jihatlarga katta ahamiyatg bergan edi. Jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko`rsatgan edi.
1) doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyat harakatga tayyorligi
2) o`z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun guruhlanish asosida o`z qadrqimmatini anglash
3) uning a`zolari o`rtasidagi do`stona birlik 

  1. jamoaning har bir a`zosidagi do`stona birlik

5) tarbiyali, ishchan harakatga yo`llovchi faollik
6) o`z hissiyot va so`zlarini boshqa olish ko`nikmasi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a`zolari va ularning faoliyatlariga qo`yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona talab o`quvchilarning dars jarayonidagi, taraffus paytidagi, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, jamoat joylari hamda uydagi xulqatvor qoidalarini o`z ichiga oladi.
Puxta o`ylab qo`yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o`rnatilishini ta`minlaydi. Pedagoglar tomonidan qo`yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi.
1. Qo`yilayotgan talablar o`quvchi shaxsini hurmat qilish bilan qo`shilishi kerak.
2. Qo`yilayotgan talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim.
3. Qo`yilayotgan talablar aniq bo`lishi kerak.
4. O`quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurishturishi hamda muomalasiga nisbatan qo`yilayotgan talablar, ularda ma`naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
O`qituvchi tomonidan qo`yilayotgan talablar hajmi, tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo`yish metodikasini ham o`zlashtira olgan bo`lishi kerak.
O`quvchilarga talablar qo`yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilant tanishtirib, ularning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda ularning muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat.
O`quvchilarga talablar bilan tanashtirish ko`pincha umumity majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta`lim muassasi direktori yoki o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari istiqbolli rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o`quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko`rsatish, keyinroq sinflar bo`yicha sinf majlislarida, maxsus suhbatlar uyushtmirish gohidja amalga oshiriladi.
Xulqatvor tarkib topshirishga yo`naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashqa qildirish bilan qo`shib olib borilishi kerak. Xulqatvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda murakkab ish. O`quvchilar talablar mohiyatini yaxshi tarbiyalashga qaratilgan bo’lsada, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulqatvorni odatiga aylantiradi.
Talablarning qo`yilishi jarayonida ularga o`quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o`rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shartlar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulqatvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etish yuborish va boshqalar. Nazorat haqqoniy va muntazam bo`lishi kerak. Uning natijalaridan o`quvchilarni ogoh etib borish lozim.
a) jamoani uyushtirish va jipslashtirish. Unda faollarni tarbiyalash bilan chambarchas bog`liq. Har bir pedagogning jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o`qituvchi o`quvchilar faoliyatmini, ularning jamoa ishlari ishtiroki, xulqatvormini kuzatib borishi har bir o`quvchining ijtimoiy faoliyatini tashkil etish layoqatini aniqlashi zarur.
Jamoa faolini shakllantirishda o`quvchilarning jamoadagi obro`sini ham inobatgna olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o`zlari, albatta, pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlasa, maqsadga muvfoiq bo`ladi. Pedagog jamoa faoli bilan maslahatlashishishni tashkil etadi.
Jamoa faolining har bir a`zosi zimmasiga muayyan vazifa yuklash, ma`lum davrda ana shu vaziflaar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim. Pedagog aynan shu faolga oshirilgan talab qo`yadi. O`quvchilar jamoasida faollar rahbarligida o`zo`zini boshqarish jamoa a`zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
Shu bois pedagog faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishni nazorat qilib borishi lozim.
O`quvchilar o`z o`zini boshqarish, bu pedagoglar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o`quvchilarnitng faol ishtirok etishidir. O`zzini boshqarishning shakllari orasida jamoa a`zolarining yig`ilishi, konferentsiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati o`rin tutadi.
b) o`quvchilar jamoasini shakllanitirishda an`analar muhim o`rin tutadi.Jamoa an`analari bu barqarorlashgan odat bo`lib, ularni jamoa a`zolari birdek qo`llabquvvatlaydilar. Jamoa an`analari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalandi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling