O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet25/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Birinchidan, erkin tafakkur qilaoladigan shaxsni, mustaqillik va demokratiya g’oyalariga sodiq bo’lgan ongli fuqaroni, o’z Vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonga faol ta’sir ko’rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat olabilishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma’nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishishiga demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog’i kerak;
Uchinchidan, Yosh avlod milliy istiqlol g’oyasini anglab olishi, bu g’oyaning har bir fuqaro uchun, Vatanning obod va farovon bo’lishi uchun hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ro’yobga chiqarish lozim.
2.Dars jarayonida treninglarni tashkil qilish va uning tarkibiy qismlari.
Treninglarni o’tkazishda guruhlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilish. Bugungi kunda pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o’qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o’yinlar, treninglar, bahs-munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jarayonida, ayniqsa, treninglarning o’rni beqiyosdir. Sababi, trening o’tkazish jarayonida talabaning nutqi o’sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqotga tez kirisha oladigan bo’ladi. SHu sababli trening verbal va noverbal ko’rinishda tashkil etish mumkin.
Treningni noverbal (so’zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hokazolar) ko’rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko’z ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga xayrixoh bo’lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga o’zi ko’rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo’ladi. Qatnashuvchilarning bosh qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga, xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo’ladi.
Trening verbal ko’rinishda tashkil etilsa, pedagog savollarni shunday tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar yordam beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Qanday...?”, “Agar…” va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo’q” deb javob bersa, “Nimaga shunday gapiryapsiz?” deb so’rash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari boshqa qatnashuvchilardan ham so’rash kerak: Ular tasdiqlangan fikrlarga qo’shiladimi?
Pedagog trening o’tkazish jarayonida o’z ovozining ohangiga e’tibor ham e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo’ladi. Qatnashuvchilarni ko’proq gapirishga undash kerak. Tarbiyachi o’zining va qatnashuvchilarning so’zga chiqishi vaqtini hisoblashi lozim bo’ladi. Hamma savollarga faqat o’zi javob bermasligi, qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini unutmasligi lozim. Bahs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg’ulot qatnashchisining muhokama qilinayotgan muammoning mohiyatini to’g’ri tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur bahsga mos kelsa, qatnashuvchilar fikrlarini mustahkamlab, “Bu menga o’tgan yilgi voqeani eslatadi”-deyishi mumkin.
Yaxshi trening o’tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling