Mashg’ulotning borishi:
1. Tarbiya tamoyillarini izohlaydilar.
2. Tarbiya usullari va shakllarini izohlaydilar
3. Tarbiya usullarida pedagogik taktning o’rni haqida qisqa esse yozadilar.
4. Mavzu bo’yich o’rganganlarini BBB metodida izohlaydilar
5. Mavzuga oid keyslar tuzadular va yechadilar
6. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi.
7. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
8. Talabalarning fikrlari umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
3. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
4. B.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2017-yil
3- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat)
Mavzu: Tarbiya texnologiyalari va tarbiyada innovatsiyalar.
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga tarbiya texnologiyalari va tarbiyada innovatsiyalarni qo’llashni o’rgatish
Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, izlanish, savol-javob.
Mashg’ulot shakli: Jamoa bilan ishlash.
Mashg’ulot jihozi: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari.
Mashg’ulot rejasi:
1. Ma`ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash.
2. Pedagogik texnologiya tushunchasi.
3. Tarbiya texnologiyalari.
4. Tarbiyada innovatsiyalar.
5. Xulosa.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo’ladi.
Pedagog faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi.[2.3]
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati - bu pedagogning o’z mustaqil -lik mavqeini, pedagogik fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlarda o’qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi.
O’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib, xissiy tuy -g’ulari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |