O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet73/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Mashg’ulotning borishi:
1. Jamoaga ta’rif beradilar
2. Jamoani tashkil etish etish metodikasini pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda izohlaydilar.
3. Sinf jamoasini shakllantirishni izohlaydilar
4. Jamoani jipslashtirish yo’llarini ayting
5. “Jamoada shaxsni tarbiyalash” mavzusida esse yozing
6. Talabalar o’z fikr mulohazalarini bildiradilar.
7. Talabalarning fikrlari umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
3. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
4. B.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2017-yil
Internet ma’lumotlari:
1. www.gov.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.edu.uz
14- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat)
Mavzu: O’quvchilar jamoasi bilan ishlash
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga o’quvchilar jamoasi bilan ishlashni o’rgatish.
Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, izlanish, savol-javob.
Mashg’ulot shakli: Jamoa bilan ishlash.
Mashg’ulot jihozi: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari.
Mashg’ulot rejasi:
1. Ma`ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash.
2. Jamoani tashkil etish metodikasi.
3. O’quvchilar jamoasini rivojlantirish.
4. Jamoani jipslashtirish yo’llari.
5. Xulosa.
Bugungi kunda pedagogolimlar, bolalar jamoasini rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni quyidagi ikki bosqichga bo`ladilar
a) jamoani dastlabki jipslashtirish
b) jamoani shakllantirish uning har bir a`zosini individual rivojlantirishning qurolidir.
Jamoa hayotidagi har bir bosqichlarni ajratib ko`rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanganida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta`kidlaydi.
Pedagoglar jamoa munosabatlarining ichki jihatlarga katta ahamiyatg bergan edi. Jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko`rsatgan edi.
1) doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyat harakatga tayyorligi
2) o`z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun guruhlanish asosida o`z qadrqimmatini anglash
3) uning a`zolari o`rtasidagi do`stona birlik 

  1. jamoaning har bir a`zosidagi do`stona birlik

5) tarbiyali, ishchan harakatga yo`llovchi faollik
6) o`z hissiyot va so`zlarini boshqa olish ko`nikmasi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a`zolari va ularning faoliyatlariga qo`yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona talab o`quvchilarning dars jarayonidagi, taraffus paytidagi, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, jamoat joylari hamda uydagi xulqatvor qoidalarini o`z ichiga oladi.
Puxta o`ylab qo`yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o`rnatilishini ta`minlaydi. Pedagoglar tomonidan qo`yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi.
1. Qo`yilayotgan talablar o`quvchi shaxsini hurmat qilish bilan qo`shilishi kerak.
2. Qo`yilayotgan talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim.
3. Qo`yilayotgan talablar aniq bo`lishi kerak.
4. O`quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurishturishi hamda muomalasiga nisbatan qo`yilayotgan talablar, ularda ma`naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
O`qituvchi tomonidan qo`yilayotgan talablar hajmi, tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo`yish metodikasini ham o`zlashtira olgan bo`lishi kerak.
O`quvchilarga talablar qo`yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilant tanishtirib, ularning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda ularning muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat.
O`quvchilarga talablar bilan tanashtirish ko`pincha umumity majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta`lim muassasi direktori yoki o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari istiqbolli rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o`quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko`rsatish, keyinroq sinflar bo`yicha sinf majlislarida, maxsus suhbatlar uyushtmirish gohidja amalga oshiriladi.
Xulqatvor tarkib topshirishga yo`naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashqa qildirish bilan qo`shib olib borilishi kerak. Xulqatvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda murakkab ish. O`quvchilar talablar mohiyatini yaxshi tarbiyalashga qaratilgan bo’lsada, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulqatvorni odatiga aylantiradi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling