O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Birinchi majlisni o`tkazishdan oldin o`qituvchining tayyorgarligi 


Download 0.99 Mb.
bet75/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Birinchi majlisni o`tkazishdan oldin o`qituvchining tayyorgarligi 
1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.
2. Majlis o`tadjigan joyni jihozlash.
3. Majlis o`tkazish metodini tanlash, suhbat , tushuntirish.
4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma`lumot tayyorlash.
5. Otaonalar jamoasi nizomini ko`rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).
6. Sinf otaonalar qo`mitasini saylash.
Birinchi otaonalar majlisi samarasi ko`p jihatdan o`qituvchining shaxsiga bog`liqdir. Uning o`zini tutishi, muomalasi. Ishbilarmonligi, har bir o`quvchi va oilasi haqida ma`lumotga ega bo`lishi, otaonalarga ijobiy taassurot qoldiradi.
Kuzatishlarimiz shuni ko`rsatadiki, maktabdagi otaonalar majlisini yuqori saviyada bo`lmasligi ota onalarni maktabdan sovitadi.
Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib qo`l qo`ydirishdir.
Ayniqsa “yomon” o`qiydigan bolalarning otaonalarini jamoa orasida obro`sizlantirishga intilish holatlari, otaonalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab bo`ladi.
Bunday majlislardan voz kechish kerak. Har bir otaonalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir . Ya`ni 
 “Pedagog maslahatiga amal qilamiz” mavzusidagi majlislar
 “Uchrashuvchi majlis” (olim, tibbiy xodim, san`at, madaniyat arboblari)
bahs majlislari, ta`limtarbiyaga doir muammolar yuzasidan yoki pedagogika adabiyotlar yuzasidan “Merosga ixlos” majlislari 
bola tarbiyasiga doir Qur`oni Karim, hadis va mutafakkirlarning dono fikrlaridan foydalanish
sinf otaonalar majlisini o`tkazish tartibi 
sinf o`qituvchisi va otaonalar qo`mitasi a`zolarining oldingi majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari eshitiladi.
Majlis maqsadga ko`ra mavzuning e`lon qilinishi (yuqorida ko`rsatilgan majlis turiga ko`ra uning mazmuni asoslab beriladi).
Otaonalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O`quvtarbiya ishlaridan savol va talablarni muhokama etiladi.
Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qaror chiqarilib, tasdiqlanadi. O`qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi. Majlis o`tkazish tartibi mavzuning o`ziga xos xususiyatiga ko`ra o`zgarib boradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling