O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet83/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA.
Axloq va ma’naviyat chuqur ichki o‘zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub boigan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi, axloq esa, o‘z navbatida, guruh a’zolari boigan individlar ma’naviyatining o‘zaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon boiadi. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni boigan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega boiib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Axloq (arabcha - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri boiib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlami tartibga keltirish uchungina emas, balki ulami uyg‘imlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlami boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-atvomi rag‘batlantirish va jazolash. Axloq jamiyatdagi munosabatlami tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlami ilgari suradi.
O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY YA ESTETIK TARBIYASI.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalami ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ulami zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; o'quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyoj ini hosil qilish; ulaming aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 0‘quvchilaming mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish; 164ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; o'quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatii bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona mimosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo'nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; o'quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblami egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish; o‘quvchilarni kasbga yo'llash, ulami mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo'lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish. Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari: 1. Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi. 2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o'quvchilaming qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi. 3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi. 4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi. 5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo‘shib olib borish. Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: O‘quv mehnati o'quvchilaming ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir. Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir. Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o'quvchilaming ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ulaming o'zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O'quvchilaming navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir. Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o'quvchilaming mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va fermer xo‘jalik!arida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat - 0‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko'rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ко‘kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling