faoliyat-ongli ruhiyfaoliyatbilanboshqariladigankishiningichki, tashqifaolligi.
FAOL O’RGANISH-tadqiq qilish (ijod) va o’rganishga qiziqishni (intilishni) yuzaga chiqaruvchi faoliyat yondashuvi.
YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA-ta’lim maqsadlarini aniqlab, o’quv jarayoni rejasini tuzib, ularni joriy etish yordamida ta’lim samaradorligini oshiruvini ta’minlovchi o’quv jarayonining optimal boshqaruvini o’z ichiga olgan yagona tizimdir.
YaPTni o’quv jarayoniga qo’llashning quyidagi afzalliklari bor:
professor-o’qituvchi ham, talaba ham qulay vaziyatlardan foydalanib, tushuntirish va tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi;
talabalarning bilim ko’nikmalarini egallash samarasi oshadi;
darsni yuqori saviyada sifatli olib borish uchun sharoit yaratiladi;
o’qitishning eng progressiv usullaridan foydalanishga imkoniyat yaratiladi;
pedagog va talabalar hamkorligida nafaqat o’zi uchun yangi bilimlar o’zlashtiriladi, balki bunda talaba o’zgacha kashfiyotlar qiladi. Bunday faoliyat talaba uchun alohida shaxsiy qadriyatga ega va shu sababli uning o’rganish ishtiyoqini orttiradi;
mavzu mazmunini to’liq o’zlashtirishga imkon yaratiladi.
o’z-o’zini anglash-insonning o’zi haqidagi tasavvurlar-hulq-atvori, faoliyati va ehtiyojlarini anglashida namoyon bo’ladi.
HAMKORLIK-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o’zaro muloqatiga asoslangan ijodiy faoliyat jarayoni.
HAMKORLIK PEDAGOGIKASI-Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o’zaro muloqatiga asoslangan shaklda ta’lim berishga asoslangan tizim.
SHAXS-muayyan ijtimoiy guruh a’zosi bo’lgan, biror-bir faoliyat turi bilan mustaqil shug’ullana oladigan, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’la oladigan, o’ziga xos individual va psixologik xususiyat egasi bo’lgan inson.
SHAXSIY FAZILAT-shaxs tomonidan o’zining axloqiy-ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |