O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet88/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

INTELLEKT-shaxsning turli faoliyatni muvafaqqiyat bilan o’zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o’zlashtirilgan aqliy qobiliyatlar to’plami.
INTERFAOL MASHG’ULOT-o’qituvchi va o’quvchilar o’zaro faol ishtirok etadigan mashg’ulot. Bunda jarayon o’zaro hamkorlikda kechadi.
INTERFAOL USUL-bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi faol hamkorlikdagi ta’lim usuli bo’lib, unda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi bir-birini to’liq tushunishga erishiladi.
«Inter» so’zi lotincha bo’lib, o’zbek tilidagi «oraliq», «o’rtasi», «o’zaro» kabi ma’nolarni bildiradi. SHu sababli ham interfaol usullar ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasidagi faollika asoslangan ta’lim uslubiyati deb ham atash mumkin.
KASBIY BILIMDONLIK - pedagogik faoliyatyuritish uchunzarur bo’lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.
MALAKA-bu shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir. SHaxsning malakalari shu bilan xarakterlanadiki, uning harakatlari oson va tez, guyo o’z-o’zidan bajarilayotganday bo’ladi. SHu tufayli ham bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz shaxs turli muddat va turli sifat bilan bajaradi. SHaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka shaxsning faqat shu sohadagi mehnatni osonlashtiribgina qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi harakatning ham tezligi va samarali bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
PEDAGOG-tarbiyachi, o’qituvchi, dars beruvchi.
PEDAGOGIK INNOVATSIYA (PI)-bu bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyasini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bunda ta’limning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilarini, tamoyillarining innovatsion usullarini tanlash, to’plash, qo’llash usullarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar tizimini yaratish tushuniladi. Bular orqali bo’lajak mutaxassislarda shakllanadigan xislatlarni hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta’lim-tarbiya jarayonining sifat jihatlarini takomillashtirib, bu sohada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin. Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, ko’p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat bo’lib, uning yordamida ta’lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling