O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet85/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Mashg’ulotning borishi:
1. Tarbiya turlarini izohlaydilar.
2. O’quvchi shaxsini shakllanishida tarbiya turlarining o’rnini aytadilar.
3. Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradilar.
4. Huquqiy madaniyatni shakllantirish komponentlariga izoh beradilar.
5. Talabalar o’z fikr mulohazalarini bildiradilar.
6. Talabalarning fikrlari umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbayev “Pedagogika” T., “Talqin” 2008-yil.
2. A. To’xtaboyev, A. Eraliyev “Tashkiliy xatti-harakatlar” Andijon., “Hayot” 2001-yil.
3. O. Musurmonova “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O’qituvchi” 1990-yil.
4. R. Mavlonova “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 2004-yil.
Internet ma’lumotlari

  1. www.gov.uz

  2. www.pressuz.info

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.edu.uz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG`ICH TA`LIMDA IJTIMOIY FANLARNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” fanidan
(60110500- bakalavr yo`nalishi, kunduzgi bo`lim, 2-kurs
talabalari uchun)



Mustaqil ta’lim uchun


USLUBIY KO’RSATMA


Namangan-2021
Mustaqil ta`lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani bo`yicha talabaning mustaqil ta`limi shu fanni o`rganish jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to`la ta`minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o`qituvchilarning ma`ruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan mavzularni tahlil qiladilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o`rganish maqsadida qo`shimcha adabiyotlarni o`qib konspektlar yozadi hamda mavzu bo`yicha testlar echadi. Mustaqil ta`lim natijalari baholash tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo`shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o`rganish, kerakli ma`lumotlarni izlash va ularni topish yo`llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma`lumotlar to`plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to`garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma`ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta`limsiz o`quv faoliyati samarali bo`lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o`qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o`zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma`ruza darslarini olib boruvchi o`qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan mustaqil ta’lim majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko`rinishida shakllantirilgan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling