O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Amaliy mashg’ulotni baholash mezonlari va ko’rsatkichlari 1-ilova


Download 0.99 Mb.
bet82/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Amaliy mashg’ulotni baholash mezonlari va ko’rsatkichlari 1-ilova

Guruhlar



Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Amaliy mashg`ulotga tayyorligi

Savollarga javob berish

Guruhlarda ishlash va individual ishlay olish

Jami













1-guruh













2-guruh













3-guruh













2-ilova
Mashg’ulotning borishi:
1. O’quvchi shaxsini shakllanishida ta’lim tarbiyaning o’rnini aytadilar.
2. Tarbiyaning mazmun mohiyatini izohlaydilar.
3. Talabalar o’z fikr mulohazalarini bildiradilar.
4. O’quvchilar ta’lim tarbiyasiga oid mahallada olib boriladigan ishlarni guruhlarga bo’lingan holda yoritadilar.
5. Jamoatchilik Kengashi to’g’risidagi Nizomni o’rganish bo’yicha muhokama o’tkaziladi.
6. Talabalarning fikrlari umumlashtirilib, mashg’ulot yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbayev “Pedagogika” T., “Talqin” 2008.
2. A. To’xtaboyev, A. Eraliyev “Tashkiliy xatti-harakatlar” Andijon., “Hayot” 2001.
3. O. Musurmonova “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O’qituvchi” 1990.
4. R. Mavlonova “Pedagogika” T., “O’qituvchi” 2004.
Internet ma’lumotlari

  1. www.gov.uz

  2. www.pressuz.info

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.edu.uz

20- AMALIY MASHG’ULOT (2 soat)
Mavzu: O’quvchi tarbiyasida tarbiya turlarining ahamiyati
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga o’quvchilarning tarbiyasida tarbiya turlarining ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish.
Mashg’ulot turi: Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, izlanish, savol-javob.
Mashg’ulot shakli: Jamoa bilan ishlash.
Mashg’ulot jihozi: “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari.
Mashg’ulot rejasi:
1. Ta’lim va tarbiya uzviyligi
2. Tarbiya turlari
3. Tarbiya jarayonida tarbiya turlaridan foydalanish
4.Xulosa
FUQAROLIK TARBIYASI.
Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda. muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo'lgan shaxs. Fuqarolik - insonning Vatan, xalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va axloq me’yorlariga bo‘ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy yetukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasming mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ulami xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga oigatib borish. O'quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish. O'quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. O'quvchilarda xalq o'tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ulardan g'ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o'z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish. Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o'zlashtirish ulaming tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o'z majburiyatlarini to'laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar o'quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida tarbiyalanadi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlaming mavjudligi taqozo etiladi: o'quv yurtida tashkil etilayotgan taiim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak; fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati 0‘qituvchi va 0‘quvchilar jamoasining saviyasiga bogiiq; tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli boiishiga erishish; oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hanikorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; o‘quvchilaming axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o'rgatish, zimmasidagi burchni toiaqonli ado etishlariga e’tibomi qaratish. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javoblar olish kutilgan natijani qoiga kiritishga imkon beradi. «Vatan atamasi aslida arabcha so‘z boiib, ona yurt ma’nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qoilaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tugilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir». Vatanparvarlik shaxsning o‘zi mansub boigan millat, tugilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to'g'risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo'lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi:
• Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
• O'zi mansub bo'lgan millat o'tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.
• Vatan va millat tarixidan g'ururlanish.
• Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ulami ko‘paytirish borasida g‘amxurlik qilish.
• Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.
• Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
• Vatan va millat obro‘i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
• Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.
Baynalminallik («inter» - orasida, o‘rtasida, aro, «natio» - xalq) o‘zga millat va elatlaming haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ulaming manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir. 0 ‘quvchilar o'rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konfernsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling