O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG`ICH TA`LIMDA IJTIMOIY FANLARNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
“TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” fanidan
(60110500- bakalavr yo`nalishi, kunduzgi bo`lim 4-kurs
talabalari uchun)
GLOSSARIY
Namangan-2021
GLOSSARIY
AKSEOLOGIYA-ijtimoiy sub’ktlar yaratgan pedagogik qadriyatlar yig’indisini ifodalab, insonni eng oliy qadriyat deb biladi va jamiyat rivojlanishining maqsadi deb hisoblaydi.
DUNYOQARASH-shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod va fikr-o’ylar tizimi.
JAMOA- umumiy maqsad yo’lida shaxslarning o’zaro munosabatlari, tashkiliyligi va intilishlari bilan bir-biriga monand turg’un sotsial (ijtimoiy) guruh.
INNOVATSIYA-yangilanishni, o’zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati, yangilik kiritish.
Ilmiy texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asolangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalari va doiralarda qo’llanishini aks ettiradi.
INSON KAMOLOTI-bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir.
INSONPARVARLIK-odamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashishi, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. Insonparvarlik o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatlaridir. (Zokirov M. Ma’rifiy saboqlar. J. 2001. 67-bet).
INTELLEKTUAL MULK-ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik manbai huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan, ovoz yozish, radio va televidenie asarlari kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari, kompьyuter uchun dasturlar, ma’lumotlar ombori, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk manbalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |