Pedagogik jarayon-ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini kashf qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabatlari.
Pedagogik mahorat-yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishi, pedagogik texnikani mukammal egallash, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi va kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorkin ko’rinishi.
Pedagogik texnologiya-ta’lim oluvchining ichki imkoniyatlari va o’qituvchining innovatsion tayyorgarligiga tayangan holda ishlab chiqilgan va ta’limiy maqsadga erishishni kafolatlovchi o’quv-tarbiya jarayonining loyihasi.
Pedagogik faoliyatga yo’nalganlik-1) shaxsning “pedagogik kasbga qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan shug’ullanishga bo’lgan ishtiyoqi” (N.V. Kuzьmina); 2) bolalarga bo’lgan munosabat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik kuzatuvchanlik qobiliyati (V.A. Slastenin). Demak, shaxsning pedagogik faoliyatga yo’nalganligi uning dunyoqarashi, pedagogik kasbga qiziqishi, u bilan shug’ullanishga bo’lgan layoqati bilan belgilanadi.
PEDAGOGIK LOYIHALASH (PL)-yaratilayotgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinishda ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat. Pedagogik faoliyatda loyihalash ob’ektlari sifatida pedagogik jarayon, pedagogik-vaziyat, pedagogik-tizim, bo’lishi mumkin.
PL quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
Ob’ekt haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurga maksimal yaqinlashtirish uchun uni nima qilish kerakligi haqida umumiy tasavvurlarni izlash. Loyihaviy model pedagogik faoliyatning yangilangan qismi qanday bo’lishi lozimligini, mazkur faoliyatni yaxshilashni ta’minlash omillari haqida bilimlarni o’zida mujassam etadi;
Eskirgan samarasiz modellar o’rniga taqdim etiladigan yangiliklarni modellashtirish uchun qo’llanishi mumkin bo’lgan pedagogik xulosalar namunalarini izlash;
Pedagogik tizimning yangilangan bir bo’lagining innavatsion modelini yasash;
Yangilikni amaliyotga joriy etish algoritmini qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |