O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi
Download 0.99 Mb.
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – Mustaqil Resrublikamizda iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy, madaniy rivojlanishi yo‘lida buyuk ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga chuqur mustahkam bilim berish, mutaxassislarni jahon andozlariga javob beradigan, bozor iqtisodiy sharoitda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada belgilab berilgan qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan yuksak ma’naviyatga xos bo‘lgan qirralarni: poklik, hamkorlik, birodarlik, g‘amxo‘rlik, sabr-qanoat, saxiylik fazilatlarini shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – maktab hayotida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining va sinf rahbarining o‘ziga xos o‘rni bor. Ma’naviyat ishlari va sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog‘liqdir. Shu jihatdan olib qaraganda sinf rahbarini sinfning bosh tarbiyachisi murabbiysi deyish mumkin, u o‘z sinf jamoasini tashkil qiladi, uyushtiradi va tarbiyalaydi, o‘qituvchilar bolalar tashkilotlari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan yaqindan aloqalar bog‘lab, sinfdagi umumiy tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qiladi. Tarbiya, eng avvalo, insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan, butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan „o‘zbek modeli“da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonning diqqat-e’tibori o‘zlikni anglashga qaratildi. O‘zligini anglash, birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini, tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa, ular, asosan, 3 ta: 1. Ezgu niyat, fikr; 2. Ezgu so‘z, xushmuomila; 3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir. Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yoshlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim sohasida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash, o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson astasekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi. Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling