O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet7/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Tarbiya usullari qanday?

  2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari qanday?

  3. Tarbiya metodlarini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

  4. Oilada tarbiya usullaridan foydalanish qay darajada samarali bo’ladi?

Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar.
1. R. Mavlonova, B.Normurodova, N.Rahmonqulova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2010-yil.
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidov. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: Fan va texnologiyalar. 2010-yil.
3. K.Hoshimov, S.Ochilov. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. T: O’qituvchi. 2010-yil
4. B.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2017-yil
Qo’shimcha adabiyotlar:
5. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016-yil.
6. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016-yil.
4-Mavzu: Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari.
Reja:
1. Tarbiya barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili
2. O’zini-o’zi tarbiyalash metodlari
3. Guruh jamoasini tarbiyalash ishini rejalashtirish
Tayanch so’z va iboralar: Shaxs, mulohaza va munozara usuli, mulоqоt, tаrbiya nаzаriyasi, tаrbiya jаrаyoni, fаоliyat, idrоk , shахs, o‘quvchi, tаrbiya, suхbаt, muomala, ахbоrоt vоsitаsi, o‘qituvchi rаhbаr, aхlоq vа h.k.

Biz pedagoglarda oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart, albatta. Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Oliyjanoblik hissi har bir insonda yoshligidan tarbiyalanib, o’ziga to’g’ri baho berishga yordam beradi. Bu xislat har bir inson uchun lozim, ammo pedagog uchun bu zaruratdir. Chunki faqat oliy janob odamgina talabalarda bu xislatni uyg’otishi va rivojlantirishi mumkin. Qanday qilib o’zini hurmat qilmagan inson boshqalarga o’zini hurmat qilishni o’rgatishi mumkin?


Faqat ichki uyg’unlikka ega bo’lgan insongina boshqalar hayotiga ham uyg’unlik kiritishi mumkin. Oliyjanob inson boshqalarning muvafaqiyatidan xursand bo’ladi va mag’lubiyatidan aziyat chekadi. Pedagog esa talabalarning yutuqlaridan xursand bo’lib qolmasdan, balki lazzat ham oladi, chunki bu yutuqda pedagogning ham kichkina ulushi bor. Pedagogga qo’yiladigan birinchi axloqiy talab-bu talabaga hurmat bilan, mehr bilan qarash. Ma’naviy shakllanish talabadan ko’p kuch va ko’p vaqt talab etadi. Ichki qarama-qarshiliklar talabani xulqida salbiy ko’rinishlar vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda murabbiy etiket chegarasi doirasida ish olib borishi mehr va toqat bilan ish yuritishi shart. Murabbiy har bir shaxsni baholashda uning jamoadagi o’rniga, o’qishdagi muvafaqiyatlariga, ota-onasining nasl-nasabiga qarab emas, balki shu talabaning ichki dunyosining shakllanishi darajasiga, odamiyligiga qarab baho berishi lozim. Bu kamsitmaslik ularning tarbiyasi ustida ish olib borayotgan davrda nuqsonlarni yo’qotishga harakat qilish va hurmat bilan qarashi zarur.
Pedagogning talabalarga bo’lgan munosabati mehr, xayri xohlik va yordamdan iborat bo’lishi kerak. Ma’lumki, rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo’lib, o’quvchilar oldiga talablar qo’yib o’zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi etarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta xatoga yo’l qo’yadilar. Talabni qo’yish qiyin emas, lekin uning bajararilishiga erishish qiyin, shuning uchun talablariga to’liq javob olgan pedagoggina o’z kasbining ustasidir deb tan olish kerak. Yaxshi pedagog har bir talabga individual yondoshib, uning talablariga javob berishida qanday qiyinchiliklar vujudga kelayotganini, uni nima qiynayotganini sinchiklab o’rganishi lozim. Talabaga bu jarayonda xayrihohlik bilan yordam qo’lini cho’zishi kerak.1
Pedagogning ishida muomalaning turli bosqichlarida uning emotsional kayfiyati: faoliyatga hozirlik ko’rish jarayonida, uni amalga oshirish davrida, munosabat amalga oshgandan keyingi his qilanadigan sezgilarda va kechinmalarda muhim rol’ o’ynaydi. SHu tariqa biz kasbiy pedagogik munosabatni amalga oshirish uchun juda muhim bo’lgan pedagogning psixik holatlari va ularni faoliyati hamda munosabati jarayonida boshqarish muammosiga yaqinlashib kelyapmiz.
Kasbiy pedagogik munosabat jarayonida ijobiy kayfiyatni boshqarish muammolarini hoyatda muhimdir. Darsga bo’lgan psixologik rag’bat, guruh bilan bo’ladigan munosabatga rag’bat, o’zaro fikr almashish ilhomi degan ilhomning vujudga kelishi va amalga oshirilishi murakkab jarayondir. Dastlab pedagogning mustaqil psixologik yo’ltutishi asosida, uning pedagogik ishga munosabati, uni jalb qiladigan bo’lajak faoliyati materialiga munosabati natijasida, talabalar bilan bo’ladigan munosabatidan qoniqishini oldindan his qilish asosida vujudga keladigan ilhom, guruh bilan bevosita o’zaro hamkorlik qilish paytida xuddi ana shu bevosita aloqaga muhtoj bo’ladi, bevosita muomala asosida rivojlanadi va mustahkamlanadi.
Pedagogning talabalar bilan munosabati ijodiy kayfiyati pedagogning ijodiy individualligining o’ziga xosligi, talabalar jamoasining xususiyatlari, faoliyat sharoitlari va shu kabilar bilan bog’liq bo’lgan ko’p qirrali jarayondir. Pedagogning munosabatidagi kayfiyati pedagogik ta’sir ko’rastishning ob’ektlari-sub’ektlari bo’lgan talabalarning ijodiy kayfiyati bilan ko’p jihatdan bog’liqdir. Buning ustiga pedagogning mustaqil psixologik yo’l tutishi asosida vujudga keladigan ijodiy kayfiyat uning guruh bilan uzviy hamkorligi paytida aynan talabalar bilan bo’ladigan munosabatga bog’liqdir.
Talabalar bilan bo’ladigan munosabat oldidan pedagogning ijodiy kayfiyatini hosil qilishda uning o’quv materialiga o’z hissiy munosabatini ifodalashning tashqi shakllarini oldindan topishga intilishi muhim rol’ o’ynaydi: bular teg ishli imo-ishoralar, yuz harakatlari, gapirish ohangidir. O’quv materialiga o’z munosabatini ifodalashning tashqi shakllarini o’ylab olish, tabiiyki, darsga, tadbirga shunday psixologik tayyorgarlik ko’rishga tayanadiki, uning tarkibiy qismlari sanab o’tilgan. Darsda, tadbirlarda o’z fikrlari, his-tuyg’ularini qanday qilib yaxshiroq va yorqinroq gavdalantirish ustida mulohaza yuritar ekan, pedagogbo’lajakfaoliyatvaziyatigakiribboradi, unga chog’lanadi, uning shakllarini his qiladi, faoliyatga bo’lgan o’zining hissiy munosabatini etkazish vositalarini izlaydi.
Tarbiyalanuvchilar bilan muomalada kishi o’zini boshqara bilishi nihoyatda zarurdir. Pedagogning darsdagi yomon, no ijodiy kayfiyati darhol umuman guruhning ijodiy kayfiyatiga ta’sir qiladi, biragalikdagi faoliyatining samaradorligini pasaytiradi. Ijodiy kayfiyatini boshqarishining taklif etilgan tizimi individual o’zlashtirishni, o’z ustida muntazam yo’naltirlganish olib borishni talab qiladi.
Tarbiyalanuvchilar bilan muomala jarayonida va bevosita undan oldin ijodiy kayfiyatni boshqarish – pedagog mehnatining eng muhim kasbiy talabi bo’lib, u pedagogning guruhda, tarbiyalanuvchilar bilan muomalada va shu kabilarda erkin bo’lishni, xulq-atvorning samarli bo’lishni ta’minlaydi. Pedagogik ijodkorlikning asosiy bosqichlariga nisbatan pedagogning ijodiy kayfiyatiga muomala ta’sirining quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • pedagogning guruhdagi muomalasini oldindan payqashi uning ijodiy kayfiyatini safarbar qiluvchi omil ekanligi;

  • guruh bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida pedagog ijodiy kayfiyatining rag’batlantiruvchi omili sifatida;

  • pedagogning guruh bilan muomalasi tizimi: u faoliyat jarayonida pedagogning ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo’llab– quvvatlaydi va rag’batlantiradi;

  • muomaladan qanoat hosil qilishsh undan keyingi faoliyatda pedagogning ijodiy kayfiyatini rag’batlantiruvchi omil sifatida.

Pedagog muomala jarayoni o’zida kechadigan bir qancha shart-sharoitlar bilan murakkablashadi. Muomala shart-sharoitlari muomala xarakteriga ancha ta’sir qiladi, aslida ular muomalaning kasbiy yo’nalishini ko’p jihatidan belgilab beradi. Muomalaning oshkoralik vaziyati ko’pgina qiyinchiliklar tug’diradi. Tadqiqotchilarqayd etibo’tganlaridek, kishilar oldida, katta auditoriya oldida muomala qilish auditoriyaning gapiruvchiga diqqat qilishga mo’ljallangan bo’lib, boshlovchilar uchun nihoyatda murakkabdir va maxsus tayyorgarlik ko’rmasdan o’tkazilishi mumkin emas. Faqat o’zaro fikr almashish, malaka va usullarini egallashgina muomala jarayonida pedagogning hissiy kayfiyatini ta’minlaydi.2
Pedagogning ijodiy kayfiyatini boshqarishning alohida muhim muomalasi bunday kayfiyatni bevosita faoliyat oldidan chiqarish va safarbar qilish noijodiy kayfiyatni eng ishga hisoblanadi va hokazo.
Pedagogning ijodgorligida «jismoniy harakatlar” usulini ro’yobga chiqarishning o’ziga xosligi shundan iboratki, u pedagogga faqat bevosita ijodkorlik boshlanishidan oldin o’zining ijodiy tabiatini safarbar qilishning vositasi sifatidagina zarurdir, keyin esa «bordi-yu” holatidagi “jismoniy harakatlar” mantiqni ijodkorlik vaziyati bilan chinakamiga ma’naviy moyillikka sekin-asta o’sib o’tadi, endi “bordi-yu” holatida emas, balki guruh bilan haqiqiy muomalada bo’ladi.
Muomalada ijodiy kayfiyatni shakllantirish murakkab jarayondir. Bu erda ko’pincha pedagog zo’riqish tuyg’usini boshidan kechiradi, buni pedagog ijodkorligining omma o’rtasidagi faoliyat, o’zgarib boruvchi ijodkorlik holati, o’zining psixik holatlarini operativ ravishda boshqarish zarurligi, mehnatning o’zaro fikr almashish jihatdan boyligi kabi xususiyatlari taqozo qiladi.
Pedagog talabalar bilan hamkorlikda yashar ekan, o’qituvchining etiketiga qat’iy rioya qilishi kerak. Unga ishonib aytilgan talabaning (sekretini) sirini hech kimga aytmasligi, uning ustidan kulmasligi va albatta, u bilan samimiy bo’lishi shart.
O’zini-o’zi boshqarishning nazariy asoslari
O‘zini-o‘zi boshqarish darajasi hayotning turli bosqichlarida turli odamlarga bir xil bo‘lavermaydi. O‘zini-o‘zi nazorat darajasi, shaxsiy boshqarishi u yashayotgan va mehnat kilayotgan muxitga bog‘lik. Bundan tashkari uning shaxsiy sifatlari, zakovati, g’ayrati, fe‘li, ruhiy va jismoniy, qolaversa nasl-nasabiga bog‘lik. Nizoli va tang holatlar yuzaga kelganda ayrim odamlar o‘zini-o‘zi boshqara olmaydi, ba‘zilari esa oddiy hollarda o‘zini yo‘qotib kuyadi. Inson o‘zining fikrlari, xulqiga doimo tanqidiy yondashishi, hayot talablari va o‘z imkoniyatlarini hisobga olishi kerak.
Talaba shaxsi ta‘lim jarayoni davomida ham, ta‘limdan tashkari vaqtda ham shakllanib boradi. Talabaning shaxs sifatida kamol topishida pedagogning, ota-ona, kuni-kushni va mahallaning ta‘siri nixoyatda katta, ammo har bir talaba, talaba o‘z ustida tinmay ishlashi, o‘zini-o‘zi bilim darajasini, madaniyatini, tarbiyasini, ma‘naviyat va ma‘rifatini yuksaltirish ustida ish olib borishi zarur.

Masalan, ijtimoiy hayotni boshqaruv nazariyasi shu sohani boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan tadbirlar tartibi va bosqichlarini aniqlab beradi.Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi va istikbolli fan tarmog‘i bo‘lib, ob‘ektiv borlikni ilmiy bilishga asoslanadi. U o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zamirida kuradi. Akademik Todor Pavloning aytishicha, istisnosiz barcha fanlar pirovard maqsadda boshqaruvga xizmat kiladi. Chunki har qanday ilmiy tadqiqot olib borishdan maqsadi – tabiat, jamiyatdagi ob‘ektiv qonuniyatlarni aniqlab, ularni inson extiyojiga xizmat kildirishdir. Bu esa – boshqaruv. Boshqaruv jarayonining moxiyati va qonuniyatlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bo‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv sub‘ektining asosiy tamoyillarni ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir. Shu munosabat jamiyatning ob‘ektiv ijtimoiy qonuniyatlari hamda boshqaruv qonuniyatlari orasidagi uzviylik boshqaruvni to‘g‘ri amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham boshqaruv jarayonini shakllantirishda ijtimoiy fanlardagi qonuniyatlarga suyanish kerak.
Boshqaruv sub‘ekti va boshqarilish ob‘ekti orasidagi munosabatlar ijtimoiy jarayonlarni boshqarish nazariyasi tadqiqot predmetiga kiradi. Boshqaruv munosabatlari muayyan bir maqsadga intilgan kishilarning o‘zaro qonuniy ravishda kelishib kilgan harakatidir. Ammo ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlar boshqarilishi jarayonida bir xil vazifani bajarib, bir xil ahamiyat kasb etmaydilar.
Boshqarilish jarayoni hamma vaqt «boshqaruv organlari» deb nomlangan maxsus ijtimoiy guruhlar tomonidan amalga oshirib kelingan. Ular ijtimoiy jarayonlarning kechish qonuniyatlarini o‘rganib chiqib, ularni maqsadga yo‘naltiradilar va nazorat qilib turadilar.
Boshqarish maqsadida olib borilgan munosabatlarni boshqa ijtimoiy munosabatlardan, jumladan, ishlab chiqarish, axloq-odob, o‘zaro muloqot va boshqalardan farqlash uchun ular faqat jamiyatni tartibga soluvchi munosabatlar ekanini anglash kerak. Ular boshqarilish jarayonining umumiy faoliyatidan kelib chiqib, jamiyatdagi mavjud qonuniyatlarga asoslanadilar.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling