O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi
Jamoat kengashining maqsad va vazifalari
Download 0.99 Mb.
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat kengashining vazifalari
- Jamoat kengashining huquq va vakolatlari
- Jamoat kengashining boshqaruv faoliyati va ish tartibi
- Jamoat kengashi raisi
- Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash
- O’quvchilar va ularning ota-onalari haqida ma’lumotlar bankini yaratish tartibi
- Jamoat kengashining me’yoriy hujjatlari va ularni yuritish tartibi
- Yakuniy qoidalar
Jamoat kengashining maqsad va vazifalari
7. Jamoat kengashining asosiy maqsadlari: jismonan soglom va ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila, ota-onalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorliqda olib boradigan faoliyatini tizimli yo’lga qo’yish; farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish; o’quvchi va yoshlar o’rtasida sodir etilishi mumkin bo’lgan tartibbuzarlik, zo’ravonlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, daydichilik va tilamchilik, diniy aqidaparastlik, missionerlik va “ommaviy madaniyat” kabi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarining oldini olishda manfaatdor vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni tashkil etish. SHu bilan birga maktab jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan o’quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashdan iborat. 8. Jamoat kengashining vazifalari: oila, umumta’lim maktablari va mahalla hamkorligining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash; ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o’rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o’zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko’maklashish; ta’lim muassasalaridagi tarbiya sifatini o’rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish; o’quvchi-yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, kelajakka ishonch va intilish, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu g’oyalar va fazilatlarni singdirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash orqali zararli odatlar yo’liga kirishiga sabab bo’layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; o’quvchi-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, mahalla va ja- miyatdagi o’zaro munosabatlarning ilk va asosiy ko’nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish; o’quvchi-yoshlarga nisbatan “Hech kim, hech qachon e’tibordan chetda qolgan emas” tamoyilini joriy etish va faoliyat davo- mida bu masalaga doimiy ahamiyat qaratish; qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotilishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha jamoatchilik nazoratini o’rnatish; ta’lim muassasasida ayrim o’quvchilarni kamsitish, ular- ga zo’ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo’yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ish- tirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish; o’quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari uchun ta’lim-tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo’yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda turli sotsiologik so’rovnomalar, amaliy treninglar, master-klasslar o’tkazish, psixologik maslahatlar tashkil etish; hududiy jamoat kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish. SHu bilan birga maktab jamoat kengashi quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi: o’quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash; ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bepul darsliklar bilan ta’minlash; ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini homiylar mablag’larini jalb etgan holda o’quv qurollari bilan ta’minlash; ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq qishqi bosh-kiyim ajratish bo’yicha buyurtmani shakllantirish; zaruratdan kelib chiqib, ota-onalarga farzandlarining ta’lim-tarbiya olishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yara- tishlariga ko’maklashish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni mod- diy qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rish. Jamoat kengashining huquq va vakolatlari 9. Jamoat kengashining huquq va vakolatlari: faoliyati doirasida davlat va nodavlat tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so’rab olish, ularning so’roviga ko’ra taklif berish; mahalla, ta’lim muassasalari va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va yig’ilishlarda ishtirok etish; jamoat kengashi faoliyati doirasida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda konferentsiya, o’quv-seminar va davra suhbatlari tashkil etish; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va maktab jamoat kengashlari faoliyatini o’rganish, hamkorlik ishlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar berish; ta’lim-tarbiya jarayonida erishgan yutuqlaridan kelib chiqib, o’quvchilar, ota-onalar va sinf rahbarlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha maktab, mahalla va tashkilotlar boshqaruviga tavsiyalar kiritish; o’qituvchi, o’quvchi va ota-onalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda ishtirok etish; jamoat kengashi faoliyatini obro’si haqida g’amxo’rlik qilish, uning maqsad va vazifalarini, shuningdek amalga oshirgan ishlarini targ’ib qilish; ta’lim muassasasida ayrim o’quvchilarni kamsitish yoki zo’- ravonlik holatlarini aniqlash va tahlil qilish ishlarida faol ishtirok etish, aniqlangan holatlar yuzasidan ichki ishlar organlarini xabardor qilish; o’quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy eh- tiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash. Jamoat kengashining boshqaruv faoliyati va ish tartibi 10. Jamoat kengashi tomonidan hududiy, tuman (shahar) va maktab jamoat kengashlarining faoliyati muvofiqlashtirilib boriladi. 11. Jamoat kengashi - Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasida, hududiy va tuman (shahar) jamoat kengashi - xalq ta’limi boshqaruv idoralarining Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’limida, maktab jamoat kengashi - ta’lim muassasasining “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida tashkil etiladi. 12. Maktab jamoat kengashi faoliyatida Nizomda belgilangan maqsad va vazifalari doirasida tashabbus, maslahat, taklif va mulohazalari bilan maktab pedagogik jamoasi, o’quvchilar jamoasi, Kuzatuv kengashi a’zolari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishi mumkin. 13. Jamoat kengashi - chorakda bir marta, hududiy Jamoat kengashi - ikki oyda bir marta, tuman (shahar) va maktab jamoat kengashlari - oyda bir marta yigilishini o’tkazadi. Jamoat kengashining raisi yoki a’zolaridan birining taklifiga binoan kengashning navbatdan tashqari yig’ilishini chaqirish mumkin. 14. Jamoat kengashi yig’ilishini kengash raisi olib boradi. Jamoat kengashi a’zolarining uchdan ikki qismi yig’ilganida yig’ilish o’tkazish vakolatiga ega. 15. Jamoat kengashi raisi: Jamoat kengashi faoliyatini tashkil etadi va hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtiradi; Jamoat kengashi yig’ilishida huquqiy normativ va boshqa hujjatlarni muhokama uchun kiritadi; Jamoat kengashi qarorlari va tegishli hujjatlarni tasdiqlaydi va ijrosini nazorat qiladi; Jamoat kengashi faoliyati yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot beradi; Jamoat kengashining davlat va nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro munosabatini boshqaradi. 16. Jamoat kengashi raisi yo’qligi davrida uning vazifalarini ham rais bajaradi. 17. Jamoat kengashi kotibining vazifalari kengash raisi tomonidan belgilanadi. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash 18. Maxallada faoliyat olib borayotgan “Ota-onalar universiteti” bilan xamkorlikda barkamol avlodni tarbiyalashda oilada olib boriladigan ishlar: yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizla- ri va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash, erta nikohlar, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borish; huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchi- lik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash yo’lida hamkorlik qilish; oila institutini mustahkamlash bo’yicha, eng avvalo, “Sog’lom oila sog’lom jamiyat” kontseptual g’oyasini hayotga tatbiq etish; umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, shu- ningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng targ’ib etish ishlarini olib borish; oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish; oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilish- larini ta’minlash; pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib, voyaga yetmagan bola- larning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish, ularga qo’shimcha ta’lim berish; farzandini komil inson etib tarbiyalashda ota-onaning xuquqiy, tibbiy, pedagogik, psixologik savodxonligini va bilim darajasini doimo oshirib borish; farzandini oilaviy hayotga tarbiyalashda ajdodlardan o’tib kelayotgan boy ma’naviy meros, axloq-odob, urf-odat va an’analardan bugungi kun bilan uyg’unlashgan holda keng foydalanish. 19. Mahalla bilan olib boriladigan ishlar: mahalla faollari tomonidan ta’lim muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashish va voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash bo’yicha oqilona yechimlar topishda faollik ko’rsatish; voyaga yetmagan bolalarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ota-onalarni aniqlab, mahalla yig’inlarida muhokama qilish, jamoatchilik ta’sirini o’tkazish, lozim hollarda ushbu ota-onalar bilan tegishli profilaktik tadbirlarni o’tkazish maqsadida mahalla faollaridan birini mahalla qarori bilan biriktirish; ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy odob va tarbiya, baynalminallik kabi xislatlarni singdirish; mahalla hududida ta’lim muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik- tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar tashkil etish; mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to’garak va “Usta-shogird” yo’nalishida bilim va kasb-hunar berishni tashkil qilish; huquqbuzarlik, jinoyat qilishga moyil va tarbiyasi og’ir bo’lgan voyaga yetmaganlarni aniqlab, ularning qiziqishlariga qarab turli to’garaklarga jalb etish, mahalla yigini qarori bilan ushbu toifadagi bolalarning har biriga mahalla faollaridan murabbiy biriktirish; ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, bolalarning darslarga to’liq qatnashishiga imkoniyatlar yaratish. 20. Ta’lim muassasalari bilan olib boriladigan ishlar: mahalla kengashi bilan hamkorlikda mahallada yashovchi tarbiyasi og’ir bo’lgan, tartibbuzarlik, zo’ravonlik, o’g’irlik, tanga jarohat yetkazish, nomusga tajovuz qilish, giyohvandlik va shunga o’xshash maishiy buzuqliklar bilan noma’qul yo’llarga kirib qolgan voyaga yetmagan bolalarni aniq ro’yxatini tuzish, ularning ota-onalari haqida to’liq ma’lumot olish, ijtimo- iy kelib chiqishi, ushbu yo’llarga kirib ketish sabablarini aniqlash hamda ular bilan tegishli tashkilotlar, jamg’armalar hamkorligida manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish; o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini inobatga olib, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb-hunarga yo’naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish. O’quvchilar va ularning ota-onalari haqida ma’lumotlar bankini yaratish tartibi 21. O’quvchining ma’lumot bankini yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: - ismi sharifi (to’liq), tug’ilgan yili, oyi, sanasi; - millati; - yashash manzili, mahallani nomi, uy telefoni raqami; - o’qiydigan maktabi, sinfi; - maktabda tutgan o’rni haqida ma’lumot; - maktabdagi do’stlari haqida qisqacha ma’lumot; - oila, maktab va mahalladagi hulqi haqida ma’lumot; - oilasi haqida ma’lumot; - qiziqishlari, shug’ullanadigan sport turi, ko’rsatkichlari haqida ma’lumot; - soglig’i haqida ma’lumot; - jamoat ishlaridagi ishtiroki bo’yicha ma’lumot; 22. O’quvchining ota-onasi hakida ma’lumot bankini yaratishda quyidagilarga e’tibor karatiladi: - ismi sharifi (to’liq), tug’ilgan yili, oyi, sanasi; - millati va ijtimoiy kelib chiqishi, millati; - yashash manzili, mahalla nomi, uy telefoni raqami; - ish joyi, manzili, telefon raqami; - oilaning ijtimoiy - iqtisodiy holati; - farzandlariga bo’lgan e’tibori haqida ma’lumot; - qiziqishlari haqida ma’lumot; - maktab va mahalla bilan munosabatlari haqida ma’lumot- lar; - jamoat ishlaridagi ishtiroki haqida ma’lumot. Jamoat kengashining me’yoriy hujjatlari va ularni yuritish tartibi Jamoat kengashi yillik reja asosida ish yuritadi. 24. Mazkur reja Jamoat kengashi a’zolari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 25. Jamoat kengashida yuritiladigan va saqlanadigan hujjatlar ro’yxati quyidagilardan iborat: - O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid me’yoriy-huquqiy huj- jatlari; - mahalliy hokimiyat organlarining Jamoat kengashi faoliyati bilan bog’liq masalalardagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari; - ish rejasi, majlis bayonnomalari va qarorlari, fuqarolar murojaatlari, yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik va kelishuv shartnomalari, o’quvchilar va ularning ota-onalari haqida ma’lumotlar bazalari. Yakuniy qoidalar 26. Jamoat kengashi a’zolariga mazkur Nizomda belgilanmagan vakolatlariga ega bo’lishlariga, ta’lim muassasalarining ichki ishlariga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. Mazkur Nizom Sog’liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan kelishilgan. Umumta’lim maktablari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashlarining namunaviy TARKIBI 1. Umumta’lim maktabi direktori – jamoat kengashi raisi 2. Mahalla fuqarolar yig’ini raisi – jamoat kengashi hamraisi 3. Oilaviy poliklinika shifokori 4. Xududiy profilaktika inspektori 5. Mahalla fuqarolar yig’inining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutaxassisi 6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari 7. Maktab psixologi 8. Tajribali sinf rahbari 9. Kuzatuv kengashi raisi 10. Mahalladagi obro’-e’tiborga ega bo’lgan otaxon / onaxon 11. Kotib (Yoshlar yetakchisi) Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling