O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat univеrsitеti boshlang‘ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o‘qitish mеtodikasi kafеdrasi


Download 0.99 Mb.
bet41/116
Sana08.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1176771
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi namangan

Xalq ta’limi vazirining
2019 yil 7 fevraldagi 46-son
buyrug’iga 1-ilova
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi to’g’risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni
ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbi- yalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2012 yil 19 iyundagi 175-son qarorlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi (keyingi o’rinlarda Jamoat kengashi deb yuritiladi), Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar, xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari hamda ta’lim muassasala- ri huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashlari faoliyat tartibini belgilaydi.
Umumiy qoidalar
1. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi (keyingi
o’rinlarda Jamoat kengashi deb yuritiladi), Qoraqalpog’iston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi,Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi jamoat ken- gashlari (keyingi o’rinlarda Hududiy jamoat kengashi deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-son qarori bilan tasdiqlangan tarkib asosida tuziladi. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari va ta’lim muassasalari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda tuziladi.
2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari huzuridagi “Oila- mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashlari (keyingi o’rinlarda Tuman (shahar) jamoat kengashlari deb yuritiladi) tarkibi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tuziladi va tasdiqlanadi.
3. Ta’lim muassasalari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashlari (keyingi o’rin- larda Maktab jamoat kengashi deb yuritiladi) tarkibi tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari huzuridagi Jamoat kengashlari bilan hamkorlikda tuziladi va tasdiqlanadi.
4. Jamoat kengashi o’z faoliyatini o’quvchi - yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilik ishtirokida olib boradi va shu asosda o’z faoliyatida
qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillariga amal qiladi.
5. Jamoat kengashi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar va huquqiy normativ hujjatlar hamda ushbu
nizom asosida belgilab, milliy an’analar, qadriyatlarni hisobga olgan
holda tashkil etadi.
6. Jamoat kengashi ushbu nizomga muvofiq hududiy jamoat kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling