Yosh otaonalar uchun esdalik.
Har bir inson farzand ko`rish va uni voyaga yetib borishini to`rt ko`zlab kutayotganidan Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk ne`matni qadriga yeta bilishi lozim. Bu ne`mat bolaning maktabga birinchi qadamidir.
G’ulomiddin Akbarzoda “Ilm demak jon. Ilm demak madaniyat, dinu odobiga sabab demak”, deb yozgan edi. Bas, shunday ekan otaona 1sinf o`quvchining ilm dargohidan ko`p bilim va tarbiyaga ega bo`lishi uchun nimalar qilishi kerak
1. O`qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro`e`tiboriga sadoqatli bo`lish.
2. Sinf va maktab jamoasining ta`limtarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va mulohazalaringizni aytish.
3. Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligini uqtirib sharqona rasmrusm, udum an`analarimizdan xabardor qilish o`qituvchiga ko`makdosh bo`lish.
4. Bolangizning o`quv ishlariga yordam berish borish. Unga beriladigan topshiriqlarni bajarishda ularga yordamingizni berish.
5.Bolangizda maktab, sinf , o`qituvchi va o`rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg`otish, chunki 1sinf o`quvchining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir.
6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatni kuzatib, so`rab borish. Bunday suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi so`zlarni, nojo`ya harakat sodir bo`lgan bo`lsa, “chakki ish bo`libdi”, “men kutmagan edim” kabilarni ishlatish.
7. Otaona maktabning yaqin yordamchisi bo`lishi, ko`makdoshi o`z farzandining kamoli bilan yashashi kabilar.
Birinchi otaonalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi
Har bir o`quv yilining boshida o`tkaziladigan otaonalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma`naviy va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish otaonaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo`lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o`qituvchilari ko`p bilim va mahorat talab etadi.
Dastlab undagi masalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular har bir oila a`zosi va shartsharoiti haqidagi ma`lumotga ega bo`lish
oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini aniqlash
har bir o`quvchi shaxsi haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lish
oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |