Teskari trikotaj-ko’ndalang to’qilishdagi trikotaj. Bu tuzilishdagi trikotajda ko’ndalang qatorlarida yuza xalqalari, teskari xalqalari bilan navbatma-navbat takrorlanadi. Natijada, matoning ikkala tomoni ham bir xil ko’rinishda bo’ladi. Matoning chetlari buralmaydi. To’qish va teskari tomonga qarab yengil buraladi. Undan asosan ustki mahsulotlar va bosh kiyimlarni tayyorlash uchun qo’llaniladi (3-rasm).
Zanjir-eng sodda bo’ylama to’qilishli trikotaj. Trikotaj xalqalarining ustma-ust joylashishi orqali joylashgan o’rilishi zanjir deb ataladi. Bu o’rilishli trikotaj ochiq yoki yoniq xalqali bo’lishi mumkin. SHoyi ro’mollarning popugi, dasturxon yoki boshqa o’rilishlar bilan birgalikda ustki kiyimlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi (4-rasm).
4-rasm. Teskari trikotaj. 5-rasm. Zanjir.
Triko-ikki zanjirning o’zaro bir-biri bilan bog’lanishi asosida hosil bo’lgan trikotaj o’rilishidir. Bu o’rilishli trikotaj ham ochiq va yopiq xalqali bo’lishi mumkin. Xalqa ustunlari bo’ylab triko yengil bo’shaladi. Boshqa o’rilishlar bilan birga qo’shilib ishlatiladi (6-rasm).
6-rasm. Triko.
Sukno va sharme-triko o’rilishidan kelib chiqqan uchta zanjirlardan iborat bo’lgan xalqalar ustunining bir-biri bilan bog’lanishidan hosil bo’lgan o’rilish (7-rasm).
Xuddi shunday tartibda to’rt va undan ortiq zanjirlardan o’zaro birikishi natijasida sharme o’rilishi hosil bo’ladi (8-rasm).
Bu o’rilishdagi trikotaj matolarini teskari tomonida uzun tortmalar joylashadi. Ular qanchalik uzun bo’lsa, mato shunchalik ko’ndalangi bo’yicha kam cho’ziladi va yaltiroqligi ko’p bo’ladi. Bu o’rilishlar ayollarning bluzkalari, ko’ylaklari va kostyumlari uchun ishlatiladi.
|
|
7-rasm. Sukno.
|
8-rasm. SHarme.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |