Trikotaj matolarining o’rilishini tahlil yetish. Trikotaj matolaridan namuna tanlab olinadi va birinchi navbatda xalqa qatori va ustunlarining yo’nalishi aniqlanadi. Ko’ndalangi bo’yicha joylashgan xalqalar qatorini hosil qiladi. Qatordagi xalqalarning o’zaro bog’liqligi bo’yicha xarakteri ko’ndalang yoki bo’ylama to’qilishli trikotajni bildiradi.
Lupa yoki mikroskop yordamida trikotaj matosidagi iplarning o’zaro bog’liqligi ko’riladi va xalqalar soni, xalqa ustunchalarining soni sanab chiqiladi.
Trikotaj matolarining o’lcham xossalariga yeni, uzunligi, qalinligi, vazni kiradi.
Trikotaj matolarining o’lcham xossalarini aniqlash uchun trikotaj matosining to’dasidan namuna tanlab olinadi. To’dadan 5 foizli beshtadan kam bo’lmagan mato bo’laklari olinadi.
Har bir olingan bo’lakdan ikkita namuna tanlanadi: birinchisi- namlikni aniqlash uchun, ikkinchisi yesa fizik-mexanik xossalarini aniqlash uchundir.
Namligini aniqlash uchun olingan namuna bir xil qirqimlardan tashkil topgan bo’lib, kondision apparatlarda 50-100 g, quritish shkaflarida yesa 10-20 g namuna bo’lakchalari olinadi.
Fizik-mexanik ko’rsatkichlarini aniqlash uchun olinadigan namuna trikotaj matosining chetki qismidan 1,5 m dan kam bo’lmagan uzoqlikda hohlagan joyidan olinadi. Olingan namunaning uzunligi 60 dan 120 sm gacha yenlikdagi mato uchun 65-75 sm, 120 sm yenlikdan yuqori matolar uchun yesa 30-35 sm bo’lishi kerak.
Olingan namunaning o’lcham xossalaridan yeni, qalinligi va 1 m vazni aniqlanadi.
Namunalar sinash ishlaridan oldin belgilangan ko’rsatkichlarga binoan bichiladi (30-rasm).
9-rasm. Trikotaj matosining bichish shakli.
Olingan qirqim bo’lagining beshta joyidan yeni o’lchaniladi. Trikotaj matosining qalinligi, fizik-mexanik xossalari yeng muhim ko’rsatkich hisoblanadi, ya’ni issiqlikni o’tkazmaslik, o’tkazuvchanlik, qattiqlik va boshqalar.
Trikotaj matosining qalinligi «mikrometr» asbobi yordamida aniqlanadi.
1 m trikotaj matosining massasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
bu yerda: -bo’ylamasi bo’yicha zichlik; -ko’ndalangi bo’yicha zichlik; -xalqa ipining uzunligi, mm; -ipning chiziqli zichligi, teks.
Xalqa ipining uzunligi- (mm) tanho ipning to’g’rilab, tekislangandagi uzunligi bo’lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
.
bu yerda - o’lchangan beshta ip uzunligining umumiy yig’indisi, mm.
Xalqa qadami -xalqa ustunchalari orasidagi masofa bo’lib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |