O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)
So’roq gap. So’roq gapda so’roq ma’nosiga boshqa ma’no ham qorishgan holda bo’lishi mumkin:
so’roqning o’zi: Halim keldimi? so’roq-hayrat: Halim keldimi? so’roq-taajjub: Yozda ham shunday yomg’ir yog’adimi? so’roq-mamnunlik: Halim tugatdimi-a? so’roq-gumon: Olib chiqarmikin? so’roq-taxmin: Sen Olim emasmisan? so’roq-darak: Tugatdimi? (Ko’rdingmi, tugatdi ma’nosida.) so’roq-buyruq: Tezroq jo’namaysizmi? So’roq gap kutilayotgan javobga munosabatiga ko’ra uch xil: sof so’roq gaplar javob talab qiladi: Bugun qaerga borasan? ritorik so’roq gap javob talab qilmaydi va mohiyatan darak, shaklan so’roq gap hisoblanadi: Onani sevmaydigan odam odammi? so’roq-buyruq gap so’roq yo’li bilan buyurish ma’nosini ifodalaydi: Tezroq kelmaysizmi? So’roq gap mazmun hajmiga ko’ra ikki xil: 1) umumiy so’roq. Bunda narsa yoki hodisa to’laligicha aniqlanadi: Bu nima? Bu kitobmi? Bunda javob kesimga tegishli bo’ladi. xususiy so’roq. Bunda narsa yoki hodisaning bir tomoni aniqlanadi: Bu qanday kitob? Kitobning varag’i qancha? Sen qaerdan kelding? Bunda javob so’roq olmoshi bilan ifodalangan kesimdan boshqa har qanday bo’lak bo’ladi. So’roq gapda so’roq ma’nosi quyidagi vositalarga tayanadi: so’roq yuklamalari; so’roq olmoshlari; so’roq ohangi. Buyruq gap. Buyruq gap tinglovchini biror predmetga biror ishni bajarishga undash, buyurish, qistash ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday ma’noviy ko’rinish turli-tumandir. SHunga ko’ra, buyruq gap o’z ichida har xil ko’rinishga ega bo’ladi. sof buyruq: Tez bor! buyruq-qistash: Borsang-chi! buyruq-iltimos: Menga ham bering. buyruq-maslahat: Yaxshisi, uyda qola qol. buyruq-tilak: Yashasin tinchlik. buyruq-chaqiriq: Olg’a! Buyruq gapning bu turlari ohang jihatidan farqlanib turadi. Buyruq gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi shaxs, ba’zan uchinchi shaxs shaklidagi fe’ldan bo’ladi: Bor! CHekilmasin! Kesim birinchi shaxs buyruq maylidagi fe’ldan bo’lganda, gap ohangidagi qat’iylik uni buyruq gapga aylantiradi: Nomus uchun kurashaylik! Ba’zi hollarda aniqlik maylidagi yaqin o’tgan zamon fe’li ham buyruqni ifodalashi mumkin: Qani, jo’nadik! Buyruq gap ko’pincha undalmali va undovli bo’ladi: 1. Hoy, tezroq yuringlar. 2. Bozor, bu yoqqa kel! Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling