O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Download 329.72 Kb.
bet53/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

Tema

Rema

Fermerlar
Bu yil
Paxtadan

bu yil paxtadan mo’l hosil oldilar
fermerlar paxtadan mo’l hosil oldilar
fermerlar bu yil mo’l hosil oldilar

Birinchi jumlada tema gapning egasi bilan muvofiq keladi. Keyingi gaplarda aktual va sintaktik bo’linish nomuvofiqligi yuz bergan. Demak, ma’lum bo’ladiki, gapdagi so’zlar o’rni o’zgargani bilan sintaktik strukturada o’zgarish yuz bermaydi. Aktual bo’linishda esa u muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Aktuallashtiruvchilar qatorida, tartibdan tashqari, boshqa vositalar ham bo’lishi mumkin. Ular ustuvor qiymat kasb etganda, tartibning roli susayadi. Muhim aktuallashtiruvchilar qatoriga fonetik, leksik va grammatik aktuallashtiruvchilarni kiritish mumkin:
1) prosodik aktuallashtiruvchi vosita. Bunday aktuallashtiruvchi vosita sirasiga mantiqiy urg’u va u bilan bog’liq bo’lgan nutq tempi hamda pauza kiradi.
Gapda nechta mustaqil so’z bo’lsa, shuncha miqdorda so’z urg’usi bo’ladi. Biroq gap qanchalik darajada yoyiq yoki yig’iq bo’lishidan qat’i nazar, unda mantiqiy urg’u bitta bo’ladi. Qaysi so’z mantiqiy urg’u olsa, shu so’z rema, gapning qolgan qismi esa tema hisoblanadi. Faqat ega va kesimdan iborat gaplarda qaysi bo’lak mantiqiy urg’u olsa, u rema maqomini oladi: 1. Guli keldi: Guli – tema, keldi – rema. 2. Guli keldi: Guli – rema, keldi – tema.
Emfatik emotsional urg’u. Emfatik urg’u ham gapdagi ma’lum bir so’zni ajratib ko’rsatadi. Bu bilan u mantiqiy urg’uga o’xshab ketadi. Biroq, mantiqiy urg’udan farqli o’laroq, emfatik urg’uda hissiylik kuchli bo’ladi. O’zbek tilida emfatik urg’u ostidagi so’z tarkibidagi unli yoki undosh cho’ziladi. Masalan: Havo t-o-za ekan. CH-i-royli qiz keldi. So’zlarni takrorlash natijasida ham emfatiklik ifodalanadi: Men borsam, men.
Mantiqiy va emfatik urg’u ostidagi so’zda pauza ham ko’maklashuvchi vosita sifatida qatnashadi. Urg’uni olgan so’zdan oldin ko’p holda pauza paydo bo’ladi.
2) leksik va grammatik aktuallashtiruvchi vosita. Ma’lum bir so’zning aktuallashishida o’zbek tilidagi turli lug’aviy va grammatik shakl ham ishtirok etadi. Bu vositalar mantiqiy urg’uli so’z bilan kelib, yordamchi aktuallashtiruvchi vosita hisoblanadi. Bularga faqat, yolg’iz, hatto, o’zi so’zlari va [-gina], [-oq] , [-yoq] qo’shimchaci kiradi:


  1. Download 329.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling