O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


Qo’shma gap tarkibiy qismlarining ifoda maqsadiga ko’ra turlari


Download 329.72 Kb.
bet64/97
Sana18.02.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1213058
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)

Qo’shma gap tarkibiy qismlarining ifoda maqsadiga ko’ra turlari
Qo’shma gapning o’zi yaxlitlikda ifoda maqsadiga ko’ra darak, so’roq, buyruq ma’nolarini ifodalaydi.
1. Bordik, ko’rdik.
2. Bordimi, ko’rdimi?
3. Borsin, ko’rsin!
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o’zi ham ifoda maqsadiga ko’ra darak, so’roq, buyruq ma’nosiga ega bo’lishi mumkin. Bu quyidagi turlarni beradi:

  1. darak gap + darak gap. Bordik, ko’rdik.

  2. darak gap + so’roq gap. Bordik, ko’rdingmi?

  3. darak gap + buyruq gap. Boramiz, sen ham kel.

  4. so’roq gap + so’roq gap. Kecha bordingmi, uni ko’rdingmi?

  5. so’roq gap+darak gap. Borasanmi, u keldi

  6. so’roq gap+buyruq gap. Keldingmi, kir!

  7. buyruq gap+buyruq gap. Bor, ko’r!

  8. buyruq gap+so’roq gap. Unga ayt, borasanmi?

  9. buyruq gap+darak gap. Kelsin, unga aytamiz



AMALIY VA SEMINAR MASHG’ULOTLAR UCHUN MASHQLAR
1 - mashq. Quyidagi gaplarni grammatik, ya'ni avval morfologik, keyin sintaktik tahlil qiling.

1. Bo'zto'rg’ayning ovoziday mayin, xushyoqim kuy olis-olislarga tarqalib, dasht yana ham kengayib yorishib ketganday bo‘ldi (O.Yoqubov). 2. U ko‘klam shabadasida mastona bosh chayqaydi (T.Malik). 3. Osmonda bahor quyoshi crkalanib jilmayadi (T.Malik) 4. Vatan onaning allasi taralgan, beshigining izlari chizilgan zamin (T.Sodiqova). 5. Bizning maktab daryo bo'yiga joylashgan. 6. Hozir odam uchun ncmusdan qimmatli narsa yo‘q. 7. lnson uchun eng muqaddas fazilatlardan biri -va’daga amal qilish. 8. Giyohlar shitirlaydi, shamol chodirni silkitadi (S.Ahmad). 9. Eshik oldida beshta ot qator turar edi (A.Qahhor). 10. Mehnat qilsang rohat ko‘rasan (Maqol). 11. Usmon ota diydor ko‘rishish ishtiyoqida sabri tugab, otiga qamchi bosdi. (A.Qahhor)
2-mashq. Berilgan matndagi so‘zlarni biriktiruvchi asosiy
vositalar - egalik, kelishik affikslari va tuslovchilarni aniqlab, ularni
ozlari bog'lanadigan so‘zlari bilan birga birikma holida ajratib yozing.
Bularning qaysilari
ega kesim munosabatini ko‘rsatuvchi gap ekanligini,
boshqalarini esa so
lz birikmasi ekanligini ko‘rsating.
Avval Rais buva bilan boyagi suhbatdoshi, ulardan keyin Sherzod ichkari kirdi. Xonada o‘n-o‘n ikki kishi o‘tirar, kabinet jihozlari oddiy edi. Devorga viloyat xaritasi ilib qo‘yilgan edi. Sherzod stol to'rida o‘tirgan kishini darrov tanidi. Kulcha yuzlarida dehqoncha sodda bir ifoda aks etib turgan, doim do‘ppi kiyib yuradigan bu yigitni u ilgari ham uch-to‘rt bor ko'rgan, ammo gaplashmagan edi.
... Majlisda eng avval qisqa yengli katak-katak ko‘vlak kivgan semiz bir kishi so‘z oldi. Sherzod avvaliga e’tibor bermagan ekari. O‘rnida turgariidan keyin uni tanidi. Sherzod bu odamni dala shiyponida Rais buva bilan birga ko‘rgandi. Xona salqin bo‘lishiga qaramay, bu kishi qizarib, bo‘zarib ketgan, kattakon ro'molchasi bilan hadeb yuzlarini, yo‘g‘on bo'ynini ishqalab-ishqalab qo‘yardi. (O‘.Hoshimov)
3- mashq. O‘zingiz mustaqil holda egalik va kelishik affikslari orqali birikkan qo‘shimchaga uchta misol toping. Fe’l kesimli gaplarga ham uchta misol topib, tuslovchilarning biriktiruvchi vosita bo‘lib kelganini tushuntiring.
4- mashq. Biriktiruvchi vosita sifatida ko‘makchilar ishtirok etgan gapga ikkita misol, tartibning o‘zgarishi bilan grammatik holat o‘zgargan gaplarga ikkita, intonatsiyaning o‘zgarishi natijasida grammatik holat o‘zgargan gaplarga ham ikkita misol topib, uni tushuntiring.




Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling