Bahor kelib, oftobning iliq nurlari elkani qizitadigan kunlar bo‘lib qolgan edi. Bodom tagida o‘tirib varrak yasashga tushdim. O‘rikning yelimi qog'ozga yopishsa qamishga yopishmaydi, qamishga yopishsa qog‘ozga... Burnimni tortib-toitib urinib yotibman. Oyim nariroqda tagiga po‘stak tashlab, kir yuvyapti. Dadam «kambag‘al kiyim» deb aka-ukalarga chiyduxoba shim olib bergan. Chiyduxoba
aslida yaxshi narsa-yu, chillak o‘ynagandami, koptok tepgandami,
bir dumalasang, ora-orasiga loy kirib ketishi yomon... Xullas, oyim unisini olib, bunisini qo'yib
shimlami yuvar, har siltab ishqaganda jomashovdan ko'pik sachrar, atrofni sovun hidi tutib ketganedi. (O‘.Hoshimov)
GAPLARNING KUZATILGAN MAQSADGA KO'RA TURLARI
18 - mashq. Berilgan gaplarning orasidan darak gaplarni ajratib,
undagi turli xil modal ma’nolarni tushuntirib bering. Otli so‘z
birikmalarini ajratib ko'rsating.
1.
Baquvvat, semiz qorabayir ot qo‘shilgan aravaga yozgi qiziJ olma ortilgan (Oybek). 2. Bir to'da oTtoqlarim, har kundagi kabi yig'ilishib. Shayhontoxurga ketishdi (Oybek). 3. Oy nuriga ters o‘tirgani uchun uning yuzida ko'zida qandoq, ifoda kasb etayotganini bilmasdim (S.Ahmad). 4 Insonning jasoratga xavrli ishlarga yetaklaydigan shu emasmi?! (S.Ahmad). S.Afzalxon akam anchagacha cho‘kkalab o‘tirdida-da, sekin qaddini rostladi (O‘.Hoshimov) 6. Kiyimidan yigit ko‘proq studentga o‘xsharedi. (A.Qahhor)
19-mashq. O‘zingiz mustaqil ravishda yozuvchi Odil Yoqubov
asarlaridan darak gaplarga misollar to'plang. Tenglanish munosabatidagi
bo'laklar ishtirok etgan gaplarga beshta misol toping.
Darak gaplar quyidagi belgilariga ko‘ra gapning boshqa turlaridan farqlanadi: darak gaplarning fe’l kesimlari ko‘pincha aniqlik maylidagi fe’llarbilanifodalanadi.
Darak gaplar oxirida intonatsiya (ohang) pasayadi. Misol: Samanadrov qamchi dastasi bilan kanal tomonni ko‘rsatdi. (A.Qahhor).