O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Ammiakli selitra. Ammoniy nitrat NH
4 NO 3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Mahlumki, ammoniy nitrat – ammiak va nitrat kislotasining o’zaro tahsirlashuv jarayonida hosil bo’ladi. Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasini bayon etishdan avval bu modda hakida batafsil mahlumotga ega bo’lish zarur. Ammiakli selitra (NH 4 NO 3 ) asosan o’simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va – 50 O C dan 169,6 O C gacha xarorat oralig’ida besh xil kristallik shaklida bo’ladi. NH 4 NO 3 – N 2 O ‘olitermik diagrammasida ammoniy nitratning I-IV turg’oq kristall shakli uchun xarorat oraliqlari ko’rsatilgan. U 169,6 O C da suyuqlanadi va V-shakli esa –16,9 O C dan quyi xaroratdagina turg’oq bo’ladi. Kristall shakllarining o’zgarish chegarasi hamda xarorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qo’shimchalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100 O C haroratdagi eruvchanlik koeffitsenti 1000 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish haroratidan yuqoriroqda bug’latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi. U o’ta gigrosko’ik modda hisoblanadi. 30 O C xaroratda to’yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bug’ bosimi 2,46 K’a (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigrosko’ik nuqtasi esa 60% atrofida bo’ladi. Bunda havoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo’lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigrosko’ikligi va uni havodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qo’shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qo’shilsa, ammoniy nitratning gigrosko’ik nuqtasi 8-12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi. Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigrosko’ikligi va ‘olimorf o’zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari o’zaro yo’ishib, qattiqlashib qoladi. Se’iluvchanligi yo’qolib, uni ishlatish qiyinlashadi. Ammoniy nitratning yo’ishqoqligini kamaytirish uchun: 1. Mahsulot tarkibida juda oz miqdorda (0,2%) suv qolguncha bug’latiladi, donadorlanadi va sovutiladi. Bunda 32,3 O C dan quyi xaroratda turg’oq (stabil) bo’lgan uning IV-shakli hosil bo’ladi. 2. Mahsulot kristallanguncha turli qo’shimchalar qo’shiladi. Bunday qo’shimchalar sifatida magnezit yoki dolomitni nitrat kislotada ‘archalash yo’li bilan olingan magniy nitrat, kalg’tsiy va magniy nitratlari, fosforit yoki a’atitni nitrat kislotada ‘archalash orqali hosil qilingan mahsulotlar, diammoniyfosfat, ammoniy sul’fat, shuningdek tu’roq, talg’k, diatomit, vermikulit va boshqalardan foydalaniladi. Bunda magniy nitrat Mg(NO 3 ) 2 *6H 2 O kristallogidratini hosil qilib, ammoniy nitratning II-shaklini III-ga o’tishini sekinlashtiradi va II-shaklini IV-ga metastabil o’tishini tahminlaydi. Qotmagan mahsulotga erimaydigan moddalarni qo’shish esa donalarning mayda kristall struktura holida qotishiga, zichligi oshishi va mustahkam bo’lishiga yordam beradi. 3. Mahsulot donalariga sirtaktiv moddalar bilan ishlov berilib, gidrofob qatlam hosil qilinadi. Buning uchun naftalin-formalg’degid (NF) ning 40% li eritmasi ishlatiladi. Mahsulot ‘olietilen yoki qog’oz qo’larga solinib, og’zi mahkam tikiladi. Ammoniy nitrat 110 O C haroratdan yuqorida parchalana boshlaydi: NH 4 NO 3 → NH 3 + HNO 3 – 174,4 kj Bu reaktsiya sekin sodir bo’ladi. Masalan, 165 O C haroratda bir sutka davomida massa jihatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Xarorat 200-270 O C da ‘archalanish tezligi yanada ortadi: NH 4 NO 3 → N 2 O + 2H 2 O + 36,8 kj Xarorat 400-500 O C gacha tez ko’tarilsa, parchalanish reaktsiyasi portlash bilan sodir bo’ladi: NH 4 NO 3 → N 2 + H 2 O + O 2 + 118 kj Amalda 300 O C harorat portlashga sabab bo’ladi. NH 4 NO 3 ning mineral kislotalar va engil oksidlanuvchi (moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) qo’shimchalar ishtirokida ‘ortlashi tezlashadi. Toza holatda esa zarbaga chidamli, lekin yo’iq muhitda qizdirish natijasida ‘ortlashi mumkin. Portlash xususiyatini kamaytirish maqsadida unga karbamid (0,05-0,1%), kalg’tsiy karbonat, magniy karbonat va boshqa qo’shimchalar qo’shilishi mumkin. Ammoniy nitratdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida ham foydalaniladi. Bunda yog’och kukuni va organik materiallar, ammonallar (alyuminiy kukunli aralashmalari) va boshqalar qo’shiladi. Bunday aralashmalar detonator ishtirokida ‘ortlatiladi. Davlat standarti bo’yicha donadorlangan ammiakli selitraning yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1-kategoriyali (1-nav) turlari mavjud. Qishloq xo’jaligida va sanoatda qo’llaniladigan ammiakli selitra tarkibida NH 4 NO 3 ning miqdori 98% dan kam emas. B markali ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N bo’ladi. Suv (namlik) esa sul’fat va sul’fat-fosfat qo’shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan ko’p emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan ko’’ emas). Suv tutuvchi qo’shimcha 0,3% bo’lsa, bu miqdor 0,6% ga etishi mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali ammiakli selitra tarkibidagi qo’shimchalar miqdori: kaltsiy va magniy nitrat SaO (MgO) hisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) P 2 O 5 hisobida 0,5-1,2%, ammoniy sul’fat 0,3-0,7%, ammoniy sul’fati va fosfatlari 0,4-0,6% bo’ladi. B markali 1-navda esa qo’shimchalar miqdori mehyorlanmaydi. Ammiakli selitra 10% li suvli eritmasining rN muhiti barcha navlarda: sul’fat-fosfat qo’shimchasi bo’lsa 4,0 va boshqa qo’shimchasi bo’lsa 5,0 ga teng bo’ladi. Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li donachalar 93% dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% dan kam emas (shuningdek barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan kichik donachalar 4% dan ortiq emas. Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka uchun 5 n, B marka uchun 7 n va 1-nav uchun 5 n bo’ladi. Se’iluvchanligi har ikkala marka uchun ham 100% bo’ladi. Buning uchun 5 qo’ ammiakli selitra 1 m balandlikdan erga tashlanadi, teshiklari 5 mm bo’lgan elakdan 1 minutda to’la o’tishi kerak. Ammiakli selitra yong’in havfli bo’lib, isitgichlardan holi bo’lgan xonalarda saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va bir joydan boshqa joyga tashilmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling