O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Sul’fat kislota ishlab chiqarish
usullari xaqida Xozirgi vaqtda dunyo bo’yicha Sul’fat kislotasi ishlab chiqarishning 2 xil usuli mavjuddir: 1.Nitroza usuli; 2. Kontakt usuli. Nitroza usuli 2 xil turga: a) Kamerali tur; b) Minorali turga bo’linadi. Nitroza va kontakt usullarining bir-biridan asosiy farqi asosan SO 2 gazini SO 3 gaziga qanday oksidlashga bogliqdir. Nitroza usulida o’choq gazi tarkibidagi SO 2 yuqori bo’lmagan xaroratda suyuq fazadan iborat nitrozada absorbtsiyalanib, shu vaktning o’zida u, ya’ni SO 2 oksidlanib, suyuk fazada maxsuliy Sul’fat kislotasi hosil qiladi. Bu jarayonni sxematik tarzda qisqacha quyidagi reaktsiyalar bilan ifoda etish mumkin: SO 2 + H 2 O + NO 2 = H 2 SO 4 + NO + Q 11 (2.13.) SO 2 + H 2 O + N 2 O 3 = H 2 SO 4 + 2NO+ Q 12 (2.14.) 2N 2 + O 2 = 2NO 2 + Q 13 (2.15.) NO 2 + NO = N 2 O 3 + Q 14 (2.16.) ----------------------------------------------------------------------- 2SO 2 + 2H 2 O + O 2 = 2H 2 SO 4 + Q 15 (2.17.) Bu reaktsiyalar majmuasidan ko’rinib turibdiki, azot oksidlari-NO, NO 2 , N 2 O 3 lar SO 2 gazini oksidlash uchun zarur bo’lgan kislorodni yetkazib beruvchi moddalar bo’lib xisoblanishi mumkindir. Boshqacha qilib aytganda, bu azot oksidlarini, nitroza usulining katalizatori deb atalishi ham mumkindir. Nitroza usuli sanoat miqyosida, avvalo meditsina maqsadlari uchun 15 asr boshlarida Angliyada oltingugurt bilan ammoniy selitrasini qo’shib qizdirilganda ajralib chiqadigan gazlarni idish devoridagi namlik orqali yutib, moysimon modda, ya’ni Sul’fat kislotasi olingandir; bu yerlarda soni juda ko’p mikdorida, ammo unumdorligi juda kam bo’lgan, qo’rg’oshindan yasalgan kameralar ishlatilganligi uchun bu texnologiya kamerali Sul’fat kislota olish deb ataladi. Bu vaqtda quyuqligi 65% Sul’fat kislotadan iborat, ammo tarkibida juda ko’p iflos birikmalar, ya’ni azot oksidlari, mish’yak, ftor birikmalari, Sul’fat qoldiqlari, qum va xokazolardan iborat bo’lgan Sul’fat kislota olishga erishilgan. XVIII asr boshlarida Angliyada bunday qurilmalarni unumdorligini oshirish maqsadida kameralar o’rniga Rashig xalqlari solingan minoralar ishlatila boshlandi; ularning unumdorligi kameralariga qaraganda bir necha o’n marotaba katta edi. SHunday qilib, minorali usul yaratilgandir. Rossiyada birinchi Sul’fat kislota qurilmalari 1803 yilga to’g’ri keladi. Minorali usulda 75% gacha quyuqlikga ega bo’lgan Sul’fat kislota olingan. Nitroza usuli bilan bundan yuqori kontsentratsiyaga ega bo’lgan Sul’fat kislota ishlab chiqarish mumkin emas, ya’ni oleum ishlab chiqarib bo’lmaydi. Bunday quyuq va toza Sul’fat kislota eritmasini faqat kontakt usuli bilan ishlab chiqarish mumkin. Kontakt usulida SO 2 ni SO 3 ga oksidlash to’g’ridan-to’g’ri qattiq katalizator ishtirokida yuqori xaroratda (450 o S) gaz xolatdagi quyidagi gomogen reaktsiya bo’yicha amalga oshiriladi: SO 2(G) + 0,5O 3(I) = SO 3(I) + Q 16 (2.18.) Bu yerda hosil bo’lgan SO 3 (g)ni suv bilan yuttirib, Sul’fat kislotaning xoxlagan quyuqlikdagisini ishlab chiqarish mumkin: SO 3(I) + H 2 O (s) = H 2 SO 4(C) + Q 17 (2.19.) Bu kontakt usuli ham asosan avval Angliya, so’ng Germaniya olimlari tomonidan topilgan. Xozirgi vaqtda butun dunyoda ishlab chiqarilgan Sul’fat kislotasining 97- 98% kontakt usuli bilan ishlab chiqarilsa, faqat 2-3% ginasi nitroza usuli bilan ishlab chiqariladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling