Mo'ljal: DAMBOG poyabzali fabrikasi.
Transport:
Avtobus: 4,21,23.
(0 378) 223 10 23
(0 369) 237-38-22
namangan@uzavtoyul.uz
Namangan viloyati Avtomobil yo'llari xududiy boshqarmasining funksional vazifalari
Viloyatda avtomobil yo'llar tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirishda yagona texnik va investitsion siyosatni olib borish;
viloyatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkiliy tuzilmaga kiruvchi korxonalarning texnik, ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarishga ilg'or tajriba, yangi texnika, texnologiya va samarali yo'l-qurilish materiallarini joriy etish;
viloyatda avtomobil yo'llarini respublika avtomobil yo'llarining umumiy tarmog'iga bog'langan holda rivojlantirishning o'rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llari to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasida mavjud avtomobil yo‘llarining uzunligi 184 000 kmni tashkil qiladi. Bular quyidagicha: Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar–42 695 km.ni tashkil qiladi (Avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi balansida). Shu jumladan: xalqaro ahamiyatdagi – 3 981 km,
davlat ahamiyatidagi – 14 100 km, maxalliy ahamiyatdagi – 24 614 km.
Respublika xududida joylashgan ko‘chalari, ichki xo‘jaliklararo yo‘llari, qishloq qo‘chalari, shaxar tipidagi qishloq ko‘chalari – 116 560 km.ni tashkil qiladi (Maxalliy hokimliklar balansida). Shu jumladan: shaxar ko‘chalari – 7 125 km, tuman markazlari ko‘chalari – 12 530 km, qishloq aholi punktlari – 49 383 km, shahar aholi punktlari – 15 456 km, xo‘jaliklararo qishloq yo‘llari–32 066 km.
Yuridik tashkilotlar yo‘llari – 24 745 kmni tashkil qiladi (Yuridik shaxslar balansida).
Vazifa: Namangan viloyatidagi jami avtomobil yo’llari uzunligi va ular haqida ma’lumotlarni ham topib yozing!
Do'stlaringiz bilan baham: |