O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta guruh.
- “Kecha, bugun, ertaga”.
2- topshiriq. Kun va tun rasmlarini chizishadi va izohlab berishadi.
3- topshiriq. “Topgan-topaloq” o‘yini. Bolalar kun va tun haqidagi topishmoqlarini topishadi. Topishmoqlar 1. Ikki yo‘rg‘a yiroqda, Biri kunda, biri tunda. (Quyosh va oy). 2. Yopilsa ochilmaydi, Ochilsa yopilmaydi, Nusxasi topilmaydi. (Kun va tun). 3. Oltin kelsa, kumush ketar, Kumush kelsa, oltin ketar. (Quyosh va oy). 4. Har kun yerga tushadi 111 Ikkita sara parda. Ikki rangda ikkovi, Oq parda, qora parda. Tushganda qora parda Oq parda berkinadi, Oqi tushsa agarda, Qorasi chekinadi (Kun va Tun). O‘rta guruh. Kichik guruh singari bu guruhda ham vaqtni bilish bolalarni, asosan, kundalik hayotida o‘stirib boriladi muhimi bu o‘rgatishining puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir. Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari bilan bog‘liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqladi. Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o‘tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi bolalardan ular bolalar bog‘chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, ertalab bolalar bog‘chasida nima qilganliklarini, bolalar bog‘chasida kunduzi nima qilishlarini gapirib berishlarini so‘raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayottanliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. U suhbat oxirida ertalab, kuduz va tun — bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi. «Bugun», «kecha» kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalarning ularni o‘zlashtirishlari qiyin. Buning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so‘zlaridan ko‘proq foydalanish va bolalarni bu so‘zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi muntazam ravishda ularga biz qachon rasm soldik? Biz bugun nima ko‘rdik? Ertaga qayerga boramiz? Savollari bilan murojaat qilib turishi lozim. Tez sekin so‘zlarining ma’nosi konkret misollar bilan ochib boriladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘yin davomida ular bajarayotgan harakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi. Kiyinish vaqtida u tez kiyinayotganlarni maqtaydi. Imillab kiyingan bolalarga tushuntiradi, sayr vaqtida yayov kishi bilan velosipedchining, avtomobil bilan poyezdning, qurt bilan qo‘ng‘izning harakat tezligini taqqoslaydi. 112 Tarbiyachi bolalarga kecha nima ishlar qilganliklarini gapirib berishlarini aytadi. Bolalar kechagi kunlari qanday o‘tganligini gapirib beradilar. Tarbiyachi yana bolalarga: “Bugun ertalab yuz-qo‘lingizni yuvdingizmi?”, “Bugun bog‘chaga kim bilan keldingiz?”, “Bugun ertalab badantarbiya qildingizmi?”, “Ertaga nima qilmoqchisiz?” kabi savollar beradi va bolalar javob berishadi. Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Kecha, bugun, ertaga”. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling