O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar.
Maktabgacha yoshdagi bola ta’limini bola o‘rganayotganini tushuna oladigan darajada qilish kerak. Bu fikrni tushuntirish uchun sodda misol keltiramiz. Bola oldiga gurunch solingan tog‘orachani qo‘yamiz. Bolaga shu tog‘orachadan 5 qoshiq gurunch olishni taklif qilamiz. 5-6 yoshdagi bola uchun bu vazifa qiyinlik qilmaydi. U 5 qoshiq gurunchni xato qilmay oladi. Shundan keyin unga «Endi olgan gurunchingni tog‘orachaga qaytarib sol va sana» deymiz. Maktabgacha yoshdagi bola gurunchni harakatlarini sanab qaytarib soladi, u qoshiqlarning qay darajada to‘laligiga mutlaqo e`tibor bermaydi. Bola to‘rtgacha sanagandan keyin 133 «Necha qoshiq gurunch qoldi?» - deb so‘raymiz. «Bir qoshiq, - deb javob beradi u. Tekshirib ko‘rishni taklif qilamiz: Bola bilan birga gurunchni qoshiqqa (to‘ldirib) solamiz. Gurunch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo‘ldi, degan savol bolani boshini berk ko‘chaga tiqib qo‘yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda majburiy bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni shunday o‘qitish kerakki, uni o‘rab olgan tabiat (borliq) u uchun tushunarli bo‘lsin. Ota-onalar bunda unga yordam berib, muhim o‘zaro aloqalarni va o‘zaro bog‘lanishlarni ko‘rsatish, mulohaza yuritishga, solishtirishga o‘rgatishi kerak. Ko‘pchilik ota-onalar bolalarini eng oldin o‘ngacha, yigirmagacha va hatto yuzgacha sanashga o‘rgatadilar. Ularni ranjitishga to‘g‘ri keladi. Juda ko‘p holda bolalarning ota-onalari g‘ururlanadigan bunday «bilim» lari foydasiz bo‘ladi, chunki bola bunda sonning nomini va qatordagi taptibini mexanik ravishda yodlab oladi, odatda, bunda bolalarda sonlar haqida tasavvurlar mavjud bo‘lmaydi. Bolani sanashga qanday o‘rgatish kerak? Sanoq bola uchun ma’lum tartibda yodlab olingan so‘zlar majmuasi bo‘lmay, balki sanash sonning mazmunini bilganlikka asoslanadigan bo‘lishiga qanday erishish mumkin? Eng sodda va samarali metod predmetlarni qayta sanashdir. Buning uchun maxsus mashg‘ulotlarni tashkil qilishning hojati yo‘q. Bolaning kattalar bilan muloqoti vaqtida, bolalar o‘yinlari vaqtida sanoq bo‘yicha mashqlar uchun imkoniyatlar ko‘p. «Uy oldida nechta daraxt o‘smoqda? Gulpushtada nechta gul ochilgan? Mashinalar turadigan joydagi qizil mashinalar nechta? Qutidagi qalamlar nechta? Beshta tarelka, beshta qoshiq keltir. Nechta odam choy ichsa, shuncha piyola keltir (qo‘y)». Istalgancha kattalar bolalarga shunga o‘xshagan ko‘plab savollar berishlari mumkin yoki shunday topshiriqlar berish mumkinki, ularni bajarganda bolalar sanoq bo‘yicha mashq qilishsin. Ammo bolalarni predmetlarni qayta sanashga o‘rgatishda ma’lum qoidalarga amal qilishga to‘g‘ri keladi: qayta sanash vaqtida bola sonni tartibi bilan aytishi, har qaysi sonni bir predmetga mos keltirishi, qayta sanashda ham birorta ham predmetni qoldirmasligi va bir predmetni ikki marta qayta sanamasligi kekrak. Qayta sanashda sonni predmet surib quyilganda yoki qo‘l tekkandan keyingina aytish kerak. Aks holda bola 134 predmetni emas, balki o‘z harakatlarini sanashi mumkin. Shu qoidalarni yaxshi o‘zlashtirib olganidan keyingina predmetlarni ularga qo‘l tekkizmay sanashi mumkin. Sanash malakasini bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin bilan mustahkamlash mumkin. Boladan ko‘zlarini yumishini so‘rang, o‘zingiz esa bip necha marta chapak chaling yoki bolg‘acha bilan stolni bir necha marta uring. Bola ko‘zini ochib, siz necha marta chapak chalganingizni aytishi, miqdorini sanashi, stolda qancha predmet turgan bo‘lsa, shuncha marta chapak chalishi, bolaning o‘zi nechani o‘ylagan bo‘lsa, shuncha marta o‘tirishi yoki sakrashi, so‘ngra shu sonni aytishi, ular oldiga qo‘ygan predmetlaringizni sanashi, xonadagi bir xil predmetlarni (stullarni, pardalarni, piyolalar, gullarni va boshqalarni) sanashi mumkin. Bola sanash ko‘nikmalarini o‘zlashtirganligini, sanash operatsiyalarini u qanchalik asosli bajarilishini qanday bilish mumkin? Buni amalga oshirish juda oson. Masalan, tugmalarni, yong‘oqlarni yoki boshqa predmetlarni qatorga qo‘yish yoki biror aniq rasm, geometrik figura shaklida yoyish va ular nechta ekanligini sanashni so‘rash. Sanashni yaxshi o‘zlashtirgan bola uchun bu topshiriq hech ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki u bu sonni tashkil qiluvchi predmetlarning qanday joylashganligiga bog‘liq emasligini biladi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling