O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
1-topshiriq. 1 soni 2 dan nechta kam? O‘rtoqlaringizning qo‘lidagi
raqamlarga qarab, taqqoslab aytib bering. 2-topshiriq. 5 soni 4 dan nechta ortiq? Ortog‘ingizning qo‘lidagi kartochkaga qarab, taqqoslab aytib bering. 3-topshiriq. 9 sonining oldi qo‘shnisi nechta? (qaysi son?) 8, 6 sonining orqa qo‘shnisi necha? 7 ekanini aytib bera olishlari kerak. 4-topshiriq. 8 soni qaysi sondan keyin, qaysi sondan oldin keladi. Bu o‘yinda hamma bolalarning qo‘llaridagi kartochkalarga qarab to‘g‘ri va teskari tartibda sanashga o‘rgatiladi. Yana bu o‘yinda safda o‘z o‘rnini adashtirib qo‘ygan bolalarning xatosi tushuntirilib, o‘z o‘rnida turib olishlari uqtiriladi. Masalan, 6 sonining o‘rniga 7 soni turmaydi, 7 soni 6 sonidan keyin kelishi 129 tushuntiriladi yoki 9 sonidan oldin 10 soni kelmaydi, 10 soni 9 sonidan keyin kelishi tushuntiriladi. Demak, bu o‘yin orqali bolalar har bir raqamning o‘z o‘rni bor ekanligini o‘zlashtirib oladilar. Zamonaviy matematikada ,,son”, ,,figura” va boshqa tushunchalarni asoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani paydo qilishga sharoit yaratadi. Misol tariqasida mantiqiy harakatli o‘yinlardan birini olish mumkin. Bunda bolalar ikki guruhga bo‘linadilar va guruh sardorini saylaydilar. Tarbiyachi bolalarga o‘yin qoidasini tushuntiradi, bunda sardor borib, belgilangan doira ichiga shaklning bir qismini chizib qaytadi, navbatdagi bola boshqa qismini, o‘yin so‘ngida berilgan namunadagi shakl chizilishi lozim, o‘yinni shunday tashkil qilish kerakki, shaklning har bir detali guruhdagi bolalarga yetarli tarzda bo‘lishi va oxirgi bola oxirgi detalni chizib tugatishi lozim. Qaysi guruh oldinroq chizib tugatsa, u guruh g‘olib hisoblanadi va bunda shaklning sifatiga ham baho beriladi. O‘yinda «quyon» shakli tanlanishi mumkin. Mana shu shaklni chizishda 2 ta guruhda 14 ta bola, ya’ni 7 tadan bola ishtirok etadi. O‘yin oxirida suhbat uyushtiriladi. Savol-javob tashkil etilib, mana shu quyon haqida qisqacha ertak yoki hikoya tuziladi. O‘yinni boshqacha tashkil etish ham mumkin. Masalan, “mevalar” va “sabzavotlar”dan iborat tarqatma rasmlar orasidan guruhlar ularga topshirilgan ko‘rsatmaga binoan “meva” yoki “sabzavot”ni topib, “doira” ichiga joylashtirib qaytishlari lozim bo‘ladi va har safargidek har bir bola bittadan rasm qo‘yib kelishi kerak, bu rasmlarda harflar yoki sonlarni ifodalash ham mumkin. Bunday o‘yinlar uchun tanlagan u yoki bu mavzu bola uchun a`limiy faoliyat davomida o‘rganilgan, o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerak. Sog‘lomlashtirish oylarida qo‘llash ham mumkin. Bunday mantiqiy harakatli o‘yinlarni o‘ynash bola uchun faqatgina ijobiy samara beradi va nafaqat aqlan, jismonan, ruhan rivojlanadi, balki bog‘lanishli nutqi ham shakllanib boradi. Ta’limiy faoliyat sifatini oshirishda mantiqiy masalalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan: 1-masala: Besh kishi o‘rtasida beshta olmani bo‘lish kerak. Ammo baribir 130 savatda bitta olma qolishi kerak. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling