O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo’nalishi 2-bosqich fiz-au-21 guruh talabasi oltinbekov samandar mavlonbek og‘lining “optika” fanidan yozgan


Yorug‘lik bosimining ba’zi bir kssmik hodisalardagi roli


Download 169.92 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi169.92 Kb.
#1590166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samandar kurs ishi

3. Yoruglik bosimining ba’zi bir kssmik hodisalardagi roli
Yorug‘lik bosimi mavjudligi koinotda yuz beradigan bir qator hodisalarni izbolab berganligi haqida oldin gapirib o‘tilgan edi.
Kometalar quyruqlarining paydo bo‘lishi, kometalar quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo‘lib, kometa quyoshga yaqinlashayotganda bu zarralar yorug‘lik bosimi ta’sirida quyoshdan uzoqlashadi, degan xulosani chiqarishga majbur qildi. Hisoblar va ayniqsa Lebedovning eksperimental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi. Bu ma’lumotlarga qarab o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarning quyosh nurlanishi ta’sirida quyoshdan itarilishi quyosh massasi ta’sirida quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan tortilish kuchi radiusning kubiga (massaga) proporsional kamayadi va tarilish esa radiusning kvadrati (yuz) kabi kamayadi. Kerakli o‘lchamdagi zarra uchun itarilishning torti- lishga qaraganda ustunligi (yoki aksincha bo‘lishi) quyoshdan istagan masofada kuzatiladi, chunki nurlanishning zichligi ham, gravitasion ta’sir ham masofaga qarab bir xil (1/g2 kabi) o‘zgaradi. Kometalarning quyruqlari faqat quyosh yaqinida kattalasha boshlashiga o‘lchamlari ancha kichik bo‘lgan zarralar quyosh yaqinida bug‘lanish natijasida paydo bo‘lishi sababchidir. Ammo keyingi vaqtda kometalarda quyruq paydo bo‘lishi juda murakkab protsess ekanligi va yorug‘lik bosimi xilma-xil hodisalarning sababini ochib berolmasligi aniqlandi.
Yaqinda yorug‘lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o‘lchamlari to‘g‘risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Astronomiya ma’lumotlaridan shu narsa aniqki, o‘lchamlari ma’lum maksimumdan ortadigan yulduzlar umuman yo‘q ekan. Eddington yulduzlar o‘lchamlarining ortishiga quyidagi sharoit to‘sqinlik qilishi kerakligiga e’tibor berdi. Yulduzning massasi ko‘paygani va tashqi qatlamlarining markazga tortilish kuchi ortgani sari yulduzning ichki qatlamlarining siqilish ishi ham ortadi va natijada shu qatlamlarning harorati ortib bir necha million gradusga yetadi.Lekin temperaturaning ortishi yulduz ichidagi nur energiyasi zichligining,demak,yorug‘lik bosimi kattaligining ortishini bildiradi.Xisoblar tortilish kuchi bilan yorug‘lik bosimi ta’sirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari o‘rtasidagi muvozanat tufayli yulduzning massasi ma’lum chegaraviy qiymatdan ortmasligini ko‘rsatadi.Massasi ko‘proq yuzlduzlar turg‘un bo‘lgan fikrlar asosida o‘tkazilgan xisoblarning natijasi bo‘lmish yulduzlarning yuqori chegaraviy massasi astrofizik kuzatish natijalari bilan bir xildir.
energiyasi zichligining, demak, yoru’lik bosimi kattaligining ortishini bildiradi. Hisoblar tortilish kuchi bilan yoru’lik bosimi ta’sirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari o’rtasidagi muvozanat tufayli yulduzning massasi ma’lum chegaraviy qiymat- danortmasligini ko’rsatadi: massasi ko’proq yulduzlartur’un bo’l- maydi va tezda parchalanib ketadi. Haqiqatan ham, yuqorida aytil- gan fikrlar asosida o’tkazilgan hisoblarning natijasi bo’lmish yulduzlarning yuqorigi chegaraviy massasi astrofizik kuzatish natijalari bilan bir xildir.

Download 169.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling