2.Yorug‘lik bosimining fotonlar nazariyasida talqin etilishi
Fotonlar nazariyasida yorug‘likning bosimini fotonlar impulsining yutuvchi yoki qaytaruvchi devorga uzatilish natijasi deb talqin etish mumkin. Chastotasi V ga teng bo’lgan monoxramatik yorug‘likning devorga tik tushayotgan va 1 sm2 yuzga 1 s da Ye ga teng energiyani olib keladigan oqimida N ta foton bo‘lib, N ning qiymati quyidagi shartdan aniqlanadi:
ya’ni N — Ye//g. Har bir foton yg/s ga teng impulsga ega bo‘lgani uchun, u yutuvchi devorchaga Nu/s impuls, qaytaruvchi devorchaga esa 2/gu/s impuls uzatadi (chunki qaytganda fotonning impulsi +/gt/s dan—/gu/s gacha, ya’ni 21gchs ga o‘zgaradi).
Shunday qilib, absolyut yutuvchi devorchaning 1 sm2 yuziga 1 s ichida uzatiladigan impuls quyidagiga teng bo‘ladi:
1UIu]s = Ye/s.
Lekin 1 sm2 yuzga 1 s da berilgan impuls shu yuzga ta’sir qiladigan bosimning o‘zidir. Shunday qilib, yutuvchi devorchaga ta’sir qilayotgan bosim r — Ye1s ga, to‘liq qaytaruvchi devorchaga ta’sir qilayotgan bosim esa r = 2E/s ga teng bo‘ladi. Qaytarish koeffisienti Ye ga teng bo‘lgan umumiy holda 1 s ichida tushayotgan fotonlarning to‘liq N sonidan (1 — /?)A tasi yutiladi, qolgani qaytadi. Ular tomonidan sirt birligiga uzatilgan impuls
(1 - K) N D = N ~(1 + K) = Ye- (1 + K)
bo’lib, Maksvell formulasiga to‘g‘ri keladi.
P. N. Lebedov yorug‘lik bosimiga oid ishlarining yaxshi obzorini V. A. Fabrikant tuzgan (UFN, 42, vsh. 2 (1950)).
Yorug‘lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to‘lqin nazariyasida qanday talqin etilgan bo‘lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning o‘zi juda katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug‘lik nuri energiyagagina emas, balki impulsga ham ega ekanligini ko‘rsatib, yorug‘likning moddiy ekanligini, yorug‘lik ham modda bilan birga materiyaning bir ko‘rinishi ekanligini shak-shubhasiz isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |