O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo’nalishi 2-bosqich fiz-au-21 guruh talabasi oltinbekov samandar mavlonbek og‘lining “optika” fanidan yozgan


XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 169.92 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi169.92 Kb.
#1590166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samandar kurs ishi

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Lansberg “Optika”
2.O‘lmasova 3-qism
3.Savelev “Umumiy fizika” 3-qism
4.Dustmuradov 2-qism
5.Frish 3-tom
Internet saytlari:
documents/referatlar/fizika…lik-bosimi
https://kompy.info/pars_docs/refs/39/38816/38816.pdf
https://hozir.org/mirzo-ulugbek-nomidagi-ozbekiston-milliy-universtiteti-fizika.html
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yorug%CA%BBlik
https://dprvrn.ru/uz/daite-obyasnenie-davleniya-sveta-davlenie-sveta-opyty-lebedeva-formuly/

Yorugʼlikning bosimini tajribada oʼrganish
Yoru’likning moddaga ko’rsatadigan turli taʼsirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega, Yorugʼlikning bosimi yoru’lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʼldi, bundan tashqari, yorugʼlikning tabiatiga boʼlgan umumfilosofik nuqtai nazar uchun ancha qiziqarli boʼlib, kosmik sohada ham keng qoʼllaniladi.
Yorugʼlik oʼzi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak degan gʼoyani Kepler aytgan boʼlib, u kometalar quyruqlari shakliga oʼsha bosim sabab boʼladi, deb bilgan. Yorugʼlik bosimi haqidagi gʼoya Nyutonning zarralar ohib chiqish (yaʼni korpuskulyar) nazariyasidan ham kelib chiqadi va bu nazariyaga muvofiq, yorugʼlik zarralari oʼzlarini qaytarayotgan yoki yutayotgan jismlarga urilganda impulslarining bir qismini ularga berishi, yaʼni bosim hosil qilishi kerak.
Bu masalaning nazariyasi va tajribasi juda uzun tarixga ega. Tajriba xususida juda sodda urinishlar bilan birga ancha jiddiy tajribalarlam oʼtkazilib, bu tajribalarning baʼzilari masalan, Kruks tajribalari siyraklashtirilgan gazlarning kine- tikasi bilan bogʼliq boʼlgan maxsus radiometrik hodisalarning kashf etilishiga olib keldi. Franklin oʼzidan oldin yorugʼlik bosimini aniqlashga bagʼishlangan barcha urinishlarning muvaffaqiyatsizlikka uchraganligini korpuskulyar nazariyaga qarshi qoʼyiladigan dalillardan biri sifatida koʼrsatgan. Keyinchalik Yung ham shu dalildan foydalangan, biroq na Franklin va na Yung bu bosimning eng kam qiymati haqida hech narsa deya olmadilar, chunki yorugʼlik zarralarining massasi haqida hech narsa deyish mumkin emas edi.Demak, oʼsha vaqtda tajribada qoʼllanilgan burama tarozining sezgirligi yetarli yoki yetarli emasligi haqida ham hech narsa deyish mumkin emas edi.
| Maksvell yerugʼlikning elektromagnitik nazariyasi asosida yorugʼlik bosimining boʼlishi zarurligini keltirib chiqarganidan va hatto,bu bosimning kattaligini hisoblab bergandan soʼng Franklinning yorugʼlikning toʼlqin nazariyasi elastiklik nazariyasi sifatida rivojlanayotgani uchun muhim ahamiyatga ega boʼlgan eʼtirozlari korpuskulyar tasavvurlarga qarshi qoʼyiladigan dalil sifatida oʼz kuchini yoʼqotdi.
c1.Yorug’lik bosimi tushunchasi
Astronom olimlar o’z kuzatishlarida Quyosh yaqinida harakatlanayotgan kometalarning gaz va chang zarralaridan tashkil topgan dumi Quyoshga nisbatan teskari tomonga cho’zilib ketishini aniqlaganlar. I.Kepler bu hodisani Quyosh nurlari bosimining natijasi sifatida tushuntirishga harakat qilgan. Ammo bu fikrning to’g’riligini isbotlash maqsadida o’tkazilgan ko’plab tajribalar kutilgan natijani bermagan1 . Maksvell nazariyasiga asosan, jism sirtiga tushayotgan har qanday elektromagnit to’lqin shu jismga bosim beradi. Elektromagnit to’lqinlar o’zi bilan birga energiyadan tashqari impuls ham olib o’tadi. To’lqinlar yutiladi va qaytadi, yutuvchi va qaytaruvchi sirtga impuls uzatadi, ya’ni bosim ko’rsatadi2 . Bosimning vujudga kelishini quyidagicha mulohaza qilamiz. Yassi yorug’lik to’lqini metall sirtiga normal ravishda tushayotgan bo’lsin. U holda yorug’lik to’lqinining E va B vektorlari metall sirti bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Yorug’likning elektr maydoni ta’sirida metall sirtiga yaqin joylashgan elektronlar maydonga teskari yo’nalishda harakatga kela boshlaydi. Lekin shu vaqtning o’zida yorug’lik to’lqinining magnit maydoni B tomonidan xarakatlanayotgan elektronga Lorens kuchi (FL) ta’sir qiladi. Bu kuch metall sirtiga perpendikulyar ravishda uning ichiga qarab yo’nalgan. Yoritilayotgan metall sirtining birlik yuziga ta’sir etadigan Lorens kuchlarining yig’indisi yorug’lik bosimini xarakterlaydi. 17.1-rasm. Yorug’lik bosimining hosil bo’lishi. Maksvell nazariyasi asosida o’tkazilgan hisoblar natijasida yorug’lik bosimi uchun quyidagi formula shakllantirildi: P = (1+ ) (17-1) ga tengligini ko’rsatadi. Bunda 1 G’aniyev A.G va boshq. Fizika, II qism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. T.: O’qituvchi. 2005.-192 b 2 Климовский А.Б. Курс лекций по физике. Часть 2. Электромагнетизм. Волны. Оптика. Квантовая физика.– 2-е изд., испр.– Ульяновск: УлГТУ, 2005. – 144 с. V W  = (17-2) - sirtga tushayotgan yorug’lik dastasi energiyasining hajmiy zichligi, - sirtning yorug’lik qaytarish koyeffitsiyenti.


Download 169.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling