Gimnastika turlari va ularning tavsifi
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjuddir:
Umumrivojlantiruchi gimnastika.
a) asosiy gimnastika;
b) gigiyenik gimnastika.
Sport yо‘nalishidagi gimnastika.
a) sport gimnastikasi;
b) atletika;
v) badiiy gimnastika.
Amaliy gimnastika
A) professional-amaliy gimnastika;
B) ishlab chiqarishdagi gimnastika;
v) davolash gimnastikasi kiradi.
Umumrivojlantiruvchi gimnastika. Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning vazifasi salomatlik, umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U harakat kо‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashga, tо‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni chiniqtirishni ta’minlashga qaratilgan.
a) Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlan-tiruvchi va asosiy harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda jismoniy jihozlardan foydalaniladi. Asosiy gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning jismoniy rivojlanishiga, xilma-xil harakat kо‘nikmalarining takomillashuviga, jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, о‘zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy foydalana olishga, о‘z imkoniyatlarini tо‘g‘ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga, egallangan bilim va kо‘nikmalarning hayot va faoliyat uchun ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
B) Gigiyenik gimnastika – kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga, tо‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy tizimlar funksiyasini (nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining faollashishi) takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv muolajalari, massaj hamda organizmni chiniqtirish bilan qо‘shilgan holda gigiyenik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigiyenik gimnastika barcha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |