О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet90/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar (davra, kolonna, sherenga…) qayta saflanishlar (bittadan kolonna bо‘lib saflanishdan ikkita, uchta, tо‘rttadan, sherenga bо‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (о‘ngga, chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli о‘yinlarda, bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda).
Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va о‘zaro aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi.
Saflanish mashqlari bolalarda tо‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi. Ular turli buyumlar bilan, qо‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar (doira, nog‘ora) jо‘rligida bajarilishi mumkin.
Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha gruhi – asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir kо‘rsatadi.
Kichik guruh- Saflanish va qayta saflanish. Bir – birining ketidan turish, doiraga ketma- ket saflanish.
О‘rta guruh- Mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bо‘lib saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mо‘ljal bо‘yicha tekislanish, chapga, о‘ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma- ket yurishdan juft-juft bо‘lib yurishga о‘tishga о‘rgatish, 3 guruhga saflanib turish.
Katta gurux-Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bо‘lib turish va undan sо‘ng aylana bо‘ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bо‘linish va qayta saflanish, chap va о‘ngga qayta saflanish, chap va о‘ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.
Maktabga tayyorlov guruhi- mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish. Zvenoda bir qator turganda tekislanish. Bitta zvenodan yurib turib bir necha zvenoga, bitta aylanadan bir necha aylanaga bо‘linish va qayta saflanish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qator va ikki qatordan bо‘lib qayta saflanish. Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish. Yurib kelib hammaning baravariga tо‘xtashini mashq qilish.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling