О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet86/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil holda alohida guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bо‘lib saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta saflanish, mо‘ljal bо‘yicha tekislanish, chapga, о‘ngga, orqaga aylanish, shuningdek, ketma- ket yurishdan juft-juft bо‘lib yurishga о‘tishga о‘rgatish, 3 guruhga saflanib turish.
Katta guruh (5 -6 )dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qо‘l va yelka kamari muskulli uchun mashqlar. Dastlabki holat: qо‘llar kо‘krak oldida, qо‘llar yelkada, tirsaklar tushurilgan birinchi holatdan yon tomonga chо‘zish, qо‘llarni tirsakdan bukish va tо‘g‘rilash ikkinchi holatdan qо‘llarni yuqoriga kо‘tarish, qо‘llarni bosh orqasiga qо‘ygan holatdan yon tomonga yozish, yuqoriga kо‘tarish qо‘llarni oldinga, barmoqlarni qulf qilgan holda (barmoqlarning tashqi tomonini ichkariga burib) qо‘llarni oldinga va yuqoriga kо‘tarish, ikkala qо‘lni galma-gal bir vaqtda yuqoriga kо‘tarish va orqaga uzatish, barmoqlarni bukish va yozish.
Oyoq uchun mashqlar. Turli joyda qadam tashlash ketma – ket bir necha marta turish, oyoq barmoqlari bilan mayda narsalarni qisib olib kо‘tarish va pastga tushurish; ularni bir joydan ikkinchi joyga qо‘yish, oyoq uchlari bilan tayoqqa suyanib, oyoq tovonlarini qadamlab yon tomonga qо‘yish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Devorga yopishib tik turish qо‘llarni yuqoriga kо‘tarish va tushurish, gimnastika devoriga yelka bilan yopishib turish, bukilgan va yozilgan holda oyoqni navbati bilan kо‘tarish, oldinga bukilib, engashish, tayanib о‘tirish, bir oyoqda tayanib о‘tirish holatiga о‘tish va ikkinchisini yon tomonga uzatish. Chalqancha yotib bir-biriga chalishtirib harakat qildirish, о‘tirgan holda boshni oyoqqacha engashtirib, qoringa yotgan holda qо‘llarga tirannish, bosh, yelkani kо‘tarib ikkala qо‘lni tо‘g‘rilash hamda gimnastika devoriga osilib gavdani kо‘tarish.
Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil ravishda safga, qatorga turish, ikki guruhga juft bо‘lib turish va undan sо‘ng aylana bо‘ylab turish, bir safdan, bir necha guruhga bо‘linish va qayta saflanish, chap va о‘ngga qayta saflanish, chap va о‘ngga qadam tashlab burilishlar qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish burchak hosil qilib ketma-ket yurish, dioganal hosil qilib yurish.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling