О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet85/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Kichik guruh (34 )dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qо‘l muskullari uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qо‘llarni yuqoriga va yonga uzatish, bukish va chо‘zish, qо‘llarni orqaga yashirish, bosh ustida, kо‘krak oldida chapak chalish, qо‘llarni suzayotgandek harakatlantirish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Turgan joyida yurish: oldinga, orqaga va yonga qadam tashlash. Bir oyoqda turgan holda ikkinchi oyoqni bukish va yozish. О‘tirib turish; oyoq uchida kо‘tarilish; tovonda turish, oyoq barmoqlarini qimirlatish; chalqancha yotgan holda oyoqlarda velosipet mashqini qildirish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. О‘ng va chapga burilish, yon tomonga engashish; qorin bilan yotgan holda qо‘llarni oldinga uzatish va oyoqlarni kо‘tarish; yonboshdan yonboshga ag‘darilish.
Saflanish va qayta saflanish. Bir – birining ketidan turish, doiraga ketma- ket saflanish.
О‘rta guruh (4-5) dagi bajariladigan umurivojlantiruvchi mashqlar.
Qо‘l va yelka uchun mashqlar. Qо‘llarni oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga kо‘tarish va har safar navbat bilan pastga tushirish. Qо‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda kaftlarni ochib – yopish va aylantirish. Qо‘llarni birin – ketin navbat bilan oldinga va yuqoriga kо‘tarish, tushurish orqaga siltash.
Oyoq uchun mashqlar. Oyoq uchida tik turish, navbat bilan avval tovonda sо‘ng oyoq uchida turish, ketma –ket bir necha marta yarim о‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yeg‘ish, tovon bilan buyumlarni bir joydan ikkichi joyga kо‘tarish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Qо‘llar belda, ularni yon tomonga uzatib goh chap, goh о‘ng tomonga burish, oyoqlarni juftlab oldinga egillish, qо‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish: biron narsani polga qо‘yish va olish, bir oyoqni kо‘tarib uning ostidan biror buyumni о‘ng qо‘ldan chap qо‘lga о‘tkazish yoki aksincha qо‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni kо‘tarishga urinish, buklash yoki tо‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga tayanib turib belni bukish va tо‘g‘rilash, qо‘llarni navbat bilan kо‘tarish, chalqancha yotgan holda qо‘llar bilan turli harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qо‘lni uzatib biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga uzatilgan qо‘lni, yelka va boshni kо‘tarish kabilar nazarda tutiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling