Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qanday sport o‘yinlaridan foydalanadi?
2.Bolalarni velosipedga о‘rgatish qanday amalga oshiriladi?
3.Bolalarni rolikli konkiga о‘rgatish қандай амалга оширилади?
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar suzishga qanday o‘rgatiladi?
15-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish shakllari
Mavzu rejasi:
1.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishi va mazmuni.
2.Mashg‘ulotlarda bolalarni tashkil etish shakllari (forntal,guruh bо‘lib va yakka tartibda).
3.Ochiq havoda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini о‘tkazish.
4.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini о‘tkaziish metodikasi
Tayanch sо‘zlar: Mashg‘ulot, kirish – tayyorgarlik, asosiy qism, yakuniy qism, saflanish va qayta saflanish, ertalabki mashqlarning vositalari, saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari.
1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida о‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanish kо‘nikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda о‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning о‘sishi va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Jismoniy rivojlanish – odam organizmi shakl va funksiyalarining о‘zgarish jarayoni sanaladi. “Jismoniy rivojlanish” termini keng va tor ma’noda qо‘llaniladi. “Jismoniy rivojlanish” termini tor ma’noda qо‘llanilganda, u antropometrik va biometrik kо‘rsatkichlarni anglatadi, chunonchi: gavda, bо‘y, vazni, kо‘krak qafasi aylanasi, о‘pkalarning tiriklik sig‘imi, umurtqa pog‘onasi egikligining darajasi, qaddi-qomatning jismoniy holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tavon gumbazi о‘lchovining kо‘rsatkichi, о‘ng va chap panja mushaklarining kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlaish” termini keng ma’noda qо‘llaganda esa unga jismoniy sifatlar (tezkorlik egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, kо‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |