3 Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi. Reja


Download 439.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana11.02.2023
Hajmi439.76 Kb.
#1188606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 maruza



3 Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Jismoniy 
mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi.
Reja: 
1.Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. 
2.Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi. 
3.Tabiatning tabiiy kuchlari. 
4.Jismoniy mashqlar texnikasi.
5.Fazoviy xarakteristika (dastlabki holat,gavda qismlarining holati
traeketoriya) 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari 
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari 
mavjuddir:
1. Sog‘lomlashtirish vazifalari. 
2. Ta’limiy vazifalar. 
3. Tarbiyaviy vazifalar. 
Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash
jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, 
chiniqish yо‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini 
va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va 
yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bо‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan 
tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. 
Bola 
organizmi 
rivojlanishi 
xususiyatlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir:
- suyaklarning tо‘g‘ri va о‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining 
shakllanishi, tovon ravoqlarining rivojlanishi, bо‘g‘im-bog‘lam apparatining 
mustahkamlanishiga yordam berish; 
- tana 
qismlarining 
(proporsiyalar) 
tо‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, 
suyaklarning о‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish; 
- barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qо‘l va yelka kamari, 
panja, barmoqlar, tovon, bо‘yin, kо‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas 
olish va boshqa mushaklar); 
- kо‘proq zaifrivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga 
e’tibor qaratish lozim; 
- yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga 
yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini 
yaxshilash va tо‘satdan о‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini 
rivojlantirish; 
- kо‘krak qafasi harakatchanligini о‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritm 
barqarorligiga, о‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni 
yaxshilash; 
- ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) tо‘g‘ri 
ishlashiga yordamlashish; 


- termoregulyatsiya funksiyasining tо‘g‘ri rivojlanishiga kо‘maklashish;
- markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qо‘zg‘alish va 
tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, 
harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. 

Download 439.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling