a) mashg‘ulotlar rejimi;
b) dam olish;
v) ovqatlanish;
g) uyqu;
d) kiyim bosh, poyabzal;
ye) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar h.k. kiradi.
Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri
samaradorligini oshiradi.
Gigiyenik omillari barcha organ va tizimlarning
yaxshi ishlashiga yordam
beradi. Masalan, muntazam sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining
faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning о‘z
vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning rivojlanishi va о‘sishiga yordam
beradi. Tо‘laqonli uyqu nerv tizimiga dam beradi va uning ish qobiliyatini
oshiradi. Xonalar,
jismoniy jihozlar, atribut, о‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va
poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Xonalarni tо‘g‘ri yoritish kо‘z
kasalliklari (shabkо‘rlik va boshqalar)ning sodir bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaydi. Kun
tartibiga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka о‘rgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari
Tabiatning
tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi,
ular jismoniy
mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi.
Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar
jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bо‘ladi (kо‘proq
kislorod yutiladi, modda
almashuvi kuchayadi h.k.)
Quyosh, havo,
suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past
temperaturaga moslashuv qobiliyatini oshirishga yordam beradi.
Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi
organizmi turli xil meteorologik omillarning о‘zgarishiga о‘z
vaqtida javob bera
oladigan darajaga keladi.
Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi,
turli
mikroblarni о‘ldiradi va bolalarni kasallik (raxit va boshqa)lardan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: