3 Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi. Reja


Jismoniy mashqlarni mazmuni va texnikasi


Download 439.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana11.02.2023
Hajmi439.76 Kb.
#1188606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 maruza

 Jismoniy mashqlarni mazmuni va texnikasi 
Jismoniy mashqlar bir-biridan ham mazmun, ham shakl jihatidan farqlanadi. 
Jismoniy mashqlar mazmuniga qator jarayonlar fiziologik, biologik, bioximik, 
psixolik bog‘liqligi kiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish (ixtiyoriy harakatlar) 
harakat tasavvuri, diqqat, tafakkur, irodaviy zо‘r berish, hissiyotlar kabi psixik 
jarayonlar bilan bog‘liqdir. Turli jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning 
yurak-tomir, nafas olish tizimida о‘zgarishlar yuzaga keladi. 
Jismoniy mashqlar mazmuniga pedagogik nuqtai nazardan qaraganda 
ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni xal etish (harakat, kо‘nikma va 
malakalarining shakllanishi, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish

) dagi ahamiyatini 
belgilaydi. 
Jismoniy mashqlar shakli ichki va tashqi tuzilishdan iborat. 
Ichki tuzilish – harakat bajarish chog‘ida kechadigan turli jarayonlarning 
о‘zaro aloqadorligi bilan xarakterlanadi. 
Tashqi tuzilishi – mashqni tashqi kо‘rinishi. U harakat jarayonida fazoviy
vaqt va kuch munosabati bilan xarakterlanadi. 
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli о‘zaro bog‘liq va birlikda 
saqlanadi. Mazmun shaklga nisbatan yetakchi rol о‘ynaydi, chunonchi yugurish 
tezligining oshishiga qarab qadam uzunligi va gavdaning egik burchagi о‘zgaradi. 
Ayni vaqtda shakl ham mazmunga ta’sir etadi: masalan, uzoqqa uloqtirish chog‘ida 
tо‘g‘ri bajarilgan siltanish jismoniy sifatlarning namoyon bо‘lishiga ta’sir qiladi 
(uloqtirish uzunligi ortadi, bu esa muskul kuchlari о‘zgarishidan guvohlik beradi). 
Jismoniy mashqlar texnikasi 
Jismoniy mashqlar texnikasi – bu harakatlarni bajarish usuli bо‘lib, uning 
yordamida harakat vazifalari hal etiladi. 


Masalan («oyoqni bukib» sakrash usuli bilan, yugurib kelib uzunlikka 
sakrash). 
Texnika tushunchasi bu harakatlarning tashqi shaklidir. Jismoniy mashqlar 
texnikasi betо‘xtov о‘zgaradi va takomilla-shadi. 
Jismoniy mashqlar texnikasida uning asosi, belgilovchi bо‘g‘imi (zvenosi) 
texnik detallari bо‘ladi:
a)Texnikaning asosi negizi – bu harakat vazifalarini aniq oqilona yо‘l bilan 
hal qilish uchun kerakli harakatlarning yig‘indisidir. Texnika asosining biror-bir 
elementi ishtirok etmasa mashqlarni bajarish mumkin emas yoki bajarilgan 
taqdirda ular chala hisoblanadi. 
b)Texnikaning belgilovchi bо‘g‘imi – bu ushbu harakat asosining muhim va 
hal qiluvchi qismi hisoblanadi. Masalan: (yugurib kelib balandlikka sakrashning 
asosiy zvenosi bu depsinishdir. Mashqlarda belgilovchi zvenoni bajarish odatda 
qisqa vaqt ichida kechadi va katta mushak kuchlanishni talab qiladi. 
v) Texnik detallari – bu mashqlarning ikkinchi darajali xususiyati bо‘lib, ular 
texnika asosini buzmagan holda о‘zgarib turishi mumkin. Bu kishining yakka 
uziga xos xususiyatiga bog‘liq. 
Jismoniy mashqlar vaqt jihatidan ketma-ket keluvchi fazalardan iborat 
bо‘ladi. 
Siklik harakatlarda (irg‘itish, sakrash va boshqalar) uch fazani ajratish 
mumkin:
1. Tayyorlov fazasi – asosiy fazani bajarish uchun juda qulay sharoit yaratadi. 
Masalan, irg‘itishda qо‘lni va tanani orqaga tebratish. 
2. Asosiy faza – muhim harakat vazifasini hal etishga yо‘naltirilgandir. 
Masalan, uloqtirishda tо‘pni otishga xizmat qiladi. Asosiy faza mashqlarni bajarish 
usulining mohiyatini tashkil etadi. 
3. Yakunlovchi fazaning vazifasi harakatni tо‘xtatish va muvozanatni saqlash, 
uzoqqa uloqtirgandan sо‘ng chiziqni kesib о‘tmaslik, yugurib kelib uzunlikka 
sakragandan sо‘ng yiqilmaslikdan iboratdir. 
Uchchala faza chambarchas bog‘liq bо‘lib, bir-birini davom ettirib bir 
butunlikda bajariladi. 

Download 439.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling