Kafedra mudiri: __________ Amirsaidova SH.M.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Defektologiya” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil “___”________dagi 10-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ Nurmuxamedova L.SH.
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i
______________Piroxunova F.
Ishchi o‘quv fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2014- yil «___» _____________ dagi ___ - sonli majlis bayoni.
Kirish
Ushbu ishchi o`quv fan dasturi maktabagcha yoshdagi bolalar nutqidagi kamchiliklar sabablari, mexanizmi hamda nutq kamchiliklarini bartaraf etish boyicha olib boriladigan ish mazmuni, korrektsion ishni tashkil etish va rejalashtirish masalalarini qamrab oladi.
1.1.O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi kamchiliklar va uning sabablari, mexanizmini ochib berish, talabalarda maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutqiy kamchiliklar to’g’risida aniq tasavvur hosil qilish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq kamchiliklarini bartaraf etish metodikalari bilan tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi–talabalarni maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladigan nutq buzilishlarini nazariy va amaliy tomondan o’rganishi , amaliy mashg’ulotlarda talabalarda bo’lg’usi faoliyati uchun zarur ko’nikma va malakalarni hosil qilish, har bir vaziyatda logopedik ta`sir ko’rsatishni nazariy jihatdan asoslab berish va logopedik ta`sirni oqilona tashkil etishga o’rgatish, logopedik mashg’ulotlar uchun didaktik materiallarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatishdan iborat.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qoyiladigan talablar
Maktabgacha logopediya o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr;
- fonetik – fonematik nutk buzilishlari, nutkning tulik rivojlanmaganligi, maktabgacha yoshdagi bolalarda duduklanish, yozma nutk buzilishlari va uni oldini olish hamda nutq buzilishlarini bartaraf etishda korrektsion pedagogik ish tizimini bilishi kerak;
- maxsus adabiyotlarni tahlil qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy kamchiliklarini aniqlay olish, bola rivojlanishi va nutqini kuzatish, nutqiy kamchiligi bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolaga psixologik-pedagogik tavsif bera olish ko’nikmasiga eaga bo’lishi lozim;
- logopedik xujjatlarni yuritish, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, korrektsion-pedagogik ish jarayonini tahlil qilish va baholash, logopedik mashg’ulotlar uchun didaktik materiallar va didaktik oyinlar tanlay bilish hamda ushbu fan nazariyasi hamda uning usullarini amaliyotda qo’llay olish malakalariga eaga bo’lishi shart.
Fanning hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: |