O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet47/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Asbob va reaktivlar: bir necha xil o`simmlik, suv hammomi, 0.2 n HC1, idishlar.
Bu mashg`ulotni o`tkazish uchun 3-4 xil o`simlikning har qaysisidan oltita barg kesib olinadi. Bu barglar (35° li) issiq suv quyilgan idishga solinadi. So`ngra bargli idish suv hammomiga joylanib, idishdagi suvnnng temperaturasi 35° pasaymasligi va shu darajadan yuqori ko`tarilmasligini ta`minlash uchun suv hammomi 30 minut isitib turiladi. Vaqt o`tgandan so`ng idishdagi har xil o`simlik bargidan bittadan olib sovuq suvga solinadi. So`ngra barglar solingan idishdagi suvning temperaturasi 40° gacha isitiladi, oradan 10 minut o`tgach, idishdan yana bittadan barg olib ikkinchi idishdagi sovuq suvga solinadi.
E ndi barglar solingan idish ichidagi suvning temperaturasi har 10 minut o`tishi bilan 45, 50, 55 va 60° gacha oshirib turiladi. Idishdagi suvning temperaturasi har 5° gacha ko`tarilgan sari yuqorida o`tkazilgan ishlar takrorlanadi. Bu ishlar tugagach, sovuq suvli idishda qoldirilgan barglarni suvdan olib, yassi idishga quyilgan 0,2 n HC1 eritmasiga solinadi. Oradan 20 minut o`tgach, tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi:

O`simliklar turi

Temperatura (t°)


35

40

45

50

55

60

1
2
3
4
5
6





















Eslatma: barglar qanday temperaturada yashil tusini yo`qotib, qo`ng`ir ranga kirganligi aniqlangandan so`ng jadvalning shu temperaturaga mos keladigan grafasiga «rangi o`zgarmaydi», «och qo`ng`ir tusga kirdi » yoki «to`q qo`ngir tusga kirdi» deb yozib boriladi.
Barg to’qimasi issiqlik ta`sirida shikastlangan bo`lsa, HC1 eritmasiga solingan barg o`zining yashil tusini yo`qotib, qo`ngir tusga kiradi. Issiqlik ta`sirida shikastlanmagan barglarda hech qanday o`zgarish yuz bermaydi. Bu hodisa barg to`qimasining issiqqa chidamliligini ko’rsatadi.
Savollar:
1.O’simliklarni sovuqqa chidamliligini oshirishda nimalarga ahamiyat qilish kerak?
2. O’zbekiston sharoitida qaysi o’simliklarni sovuqqa chidamliligini oshirish mumkin?
3.O’simliklarni issiqga chidamliligini oshirishda nimalarga ahamiyat qilish kerak?
4. O’zbekiston sharoitida qaysi o’simliklarni issiqga chidamliligini oshirish mumkin? Cho’l o’simliklaridan tashqari.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling