Ningidrin reaksiyasi. Oksilli filtratga bir necha tomchi suvda eritilgan 0,5% li ningidrin eritmasidan qo`shib qizdirilganda eritma pushti yoki ko`k-binafsha rangga kiradi.
Adamkevich reaksiyasi. Bu reaksiyani o`tkazishda dastlab oqsilli eritmaga bir necha tomchi konsentrlangan sirka kislota (CH3COOH) qo`shib, ehtiyotlik bilan isitiladi. Eritma sovugandan keyin probirka devori bo`ylab (ehtiyotlik bilan) kontsentrlangan sulfat kislota (H2SO4) qo`yiladi. Shunda probirkadagi eritma ikki qavatga ajraladi, ya`ni yuqorida sirka kislota, pastda sulfat kislota bo`ladi, ularning chegarasida qizil-binafsha halka hosil bo`lganligi tarkibida aminokislota va oqsillar borligini ifodalaydi.
Savollar:
Oqsillsrga xos qanday rangli reaksiyalarni bilasiz?
Biuret reaksiyasi nimaga asoslangan?
Ksantoprotein reaksiyasi qanday aminokislotalar uchun xos?
Oltingugurt tutuvchi aminokislotalarga xos rangli reaksiyalar qanday aniqlanadi?
Ningidrin reaksiyasidagi ko’k-binafsha rang nima xisobiga xosil bo’ladi?
№11 Laboratopiya ishi
O’simliklar to’qimasidagi organik moddalarni aniqlash
O’simliklar organizmida turli-tuman organik va anorganik birikmalar bo’ladi. Organik birikmalar (uglerodlar, oksillar yoglar) o’simliklarning tana tuzilishida va moddalar almashinuvi protsesslarida muxim rol oynaydi. Ular o’simliklarning zapas organlarida-uruglarida, tugunak, piyozcha va boshka organlarid to’planadi. Tarkibida to’plangan organik moddalar mikdoriga ko’ra, kraxmalli, yogli va oksilli uruglar bo’ladi.
Urug’ida kraxmal to’playdigan o’simliklarga bug’doy, arpa, makkajo’xori; yog’ to’plovchilarga g’o’za, kungaboqar, kanakunjut va oqsil to’plovchilarga soya, no’xat va loviya kabilar misol bo’ladi. Yer yuzadagi o’simliklarning deyarli 90% ning urug’ida yog’ to’planadi, o’simliklardagi organik birikmalar ularning to’qimalaridan o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |