O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika ва psixоlogiya fakulteti


Download 65.57 Kb.
bet7/10
Sana15.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1093988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Ergasheva Sevinch

II BOB BO’YICHA XULOSA
Jahonda kechayotgan bugungi murakkab vaziyatda jamiyatni turli axborot xurujlaridan himoya qilish barobarida, yurtdoshlarimizning quvonch va tashvishlari hamda so’ngi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni xolis baholagan holda unga o’z hissasini qo’shish, yosh avlodni ezgu qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini asrab-avaylashga daʼvat etish har bir maʼrifat ahlining asosiy burchiga aylanishi zarur. Zero, kyelajagimiz boʻlgan yosh avlodni turli xil buzgʻunchi toifalarning xurujlaridan asrab avaylamogʻimiz, ularni Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash bunga masʼul ota-onalarning ham, tarbiyachi-oʻqituvchilarning ham, barcha-barchaning muqaddas burchi boʻlmogʻi lozim.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlami, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashni o‘rganish, murakkab va tahlikali hayotning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvurlar shakllanmasligiga alohida e’tibor berish lozim. Buning uchun insonlarda sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, o‘z kuchiga va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada kamol toptirish zarur. Boshqalarning tasavvuriga muvofiq, globallashuv iqtisodiy sohada emas, balki diniy sohada katta xavf-xatar tayyorlamoqda, chunki, globalizm va axborot dunyoviy xarakterga ega bo‘lgan bir paytda xudosizlik targ‘iboti bilan uyg‘unlashtiriladi. Yana boshqalarning qarashlarida globallashuv millatga va milliy o‘ziga xoslikka putur еtkazadi. Madaniy, shu jumladan diniy qadriyatlar, turmush tarzi ham xavf ostida qoladi. Bunday yondashuvga moyillik bildirayotgan fan va siyosat arboblari uchun madaniy o‘ziga xoslikni saqlashga intilish asosiy maqsaddir. Chunki hozirda internet tarmog‘idan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qilmoqda. Yoshlar esa millat va davlat kelajagidir. Aytish joizki, yoshlarning globallashuvga nisbatan sog‘lom dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilishini davr taqozo qiladi. Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qaerda beparvolik va loqaydlik xukm sursa, usha еrda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi va aksincha qaerda xushyorlik va jonkuyarlik xukm sursa, u еrda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi. Ayniqsa bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyatga egadir. Globallashuv jarayonida yoshlarni turli ma’naviy tahdidlardan asrashda milliy g‘oyamizdan oqilona foydalanishimiz, amalga oshirilayotgan islohotlarning har bir jamiyat a’zosi uchun unumli va foydali bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Jamiyat taraqqiyotida yoshlar uchun ma’naviy tahdidlardan xoli ijtimoiy zamin yaratsak, ertangi kunimiz yanada farovon, yoshlarimiz baxtli davr farzandlari bo‘lib voyaga еtadi. Ular o‘rtasida sodir bo‘layotgan ma’naviy qiyofalar doimo yangicha dunyoqarash va mafkuraviy jarayonlarni insoniyat istiqboli sari chorlashga qaratilishi ko‘zda tutiladi va yoshlar ma’naviy hayotidagi dolzarb masalalarni rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Prezident Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga еtishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”[2].


Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling