SIVILIZATSIYA (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat soʻzining sinonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida ham qoʻllaniladi.
KRIZIS (yun. krisis — burilish, oqibat) — vaziyatning keskinlashuvi, birdan, toʻsatdan yuz bergan oʻzgarish, tang va xatarli, mushkul ahvol (qarang Iktisodiy tangliklar).
KAPITALIZM — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intilishlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimi.
KIBERTERRORCHILIK bu tahdid yoki qoʻrqitish orqali, internetdan foydalangan holda, siyosiy yoki mafkuraviy muvaffaqiyatga erishish maqsadida uyushtiriluvchi kiberhujumlardir.
AKSILTERROR TUZILMALAR — aksilterror tadbirlarni o‘tkazish uchun har bir Tomon qonunchiligiga muvofiq shakllantiriladigan mutaxassislar guruhi.
DOVUL kuchli, yemiruvchi boʻron’. Okean atrofi— dagi mamlakatlarda tez-tez d o v u l boʻlib turadi. Bu ot asli qadimgi turkiy tilda 'gʻarbdan esgan shamol’ maʼnosini anglatgan dabur soʻzining maʼno ta-raqqiyoti natijasida yuzaga kelgan: ’gʻarbdan sharqqa esgan shamol’.
ZILZILA, YER QIMIRLASH — Yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari.
TAFAKKUR — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |