Xx asr 80-yillari o'rtalarida Respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar
Download 48.83 Kb.
|
14 ta mavzu 1 listdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
1-mavzu XX asr 80-yillari o'rtalarida Respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar 80-yillarning o'rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro'y bera boshladi. Qayta qurish kontsepsiyasi cheklangan bo'lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi Qayta qurish yillarida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi.Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. Milliy o'zlikni anglash boshlandi. O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlash- tirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar 1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o'rtalarida sovet jamiyatida "qayta qurish" boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. 2-mavzu
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida: 1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 3-mavzu
Rivojlangan demokratik jamiyatda ijtimoiy himoya vazifalarini davlat o‘z zimmasiga oladi. Aytish joizki, ushbu masala O’zbekistonda ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan. Ya’ni mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Binobarin, kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekiston taraqqiyotining yetakchi tamoyili hisoblanadi. O’tgan yillar davomida bizda ijtimoiy himoyaning huquqiy asosi yaratildi va mustahkamlandi. Bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolati yaratildi. Ishsizlik muammolari hal etilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari tashkil etilishi, qolaversa, Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish yechimini kutayotgan dolzarb masala sifatida kun tartibiga olib chiqilgani bu boradagi islohotlar izchil davom ettirilayotganidan dalolat beradi. Zero, kambag‘allik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida iqtisodiy rivojlanish jarayonida moddiy va nomoddiy imtiyozlardan foydalanish hamda daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlikning oqibati sifatida izohlanadi. Insoniyat yangi ming yillikka qadam qo‘ygan yilda BMT tomonidan qabul qilingan deklaratsiyada ham birinchi maqsad sifatida qashshoqlik va ochlikka barham berish bejizga qo‘yilmagan. O’tgan yil sarhisobida mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim orqali 527 ming kishining bandligi ta’minlandi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 2 barobarga, ya’ni 1,2 mln. nafarga kengaydi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2016 yilga nisbatan budjetdan 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi. 4-mavzu
Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan: A) birinchilarga quyidagilar kiradi: Nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini lisenziyalash – lisenziyalar ta'lim inspektsiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta'lim turi uchun alohida beriladi; Ta'lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o'tkazish – ta'lim inspektsiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta'lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e'tiboran 5 yil davomida akkreditasiyadan o'tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestasiya va akkreditasiyadan o'tkaziladi. 5-mavzu
Download 48.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling