O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika ва psixоlogiya fakulteti


Globallashuv jarayonida o`quvchilarda mafkuraviy madaniyatni shakllantirish metodikasi


Download 65.57 Kb.
bet6/10
Sana15.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1093988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Ergasheva Sevinch

2.2. Globallashuv jarayonida o`quvchilarda mafkuraviy madaniyatni shakllantirish metodikasi
Ma’lumki, o‘z Vatani bilan faxrlanish tuyg‘usi inson qalbida yuksak ma’naviyatni shakllanishida keng yo‘l ochib beradi. Bugungi kunga kelib anglab turibmizki, ularga qarshi kurashish har birimizning dolzarb vazifamiz ekan. Chunki, mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda. Keyingi paytlarda internet bilan bog‘lik buzg‘unchiliklar, global tarmokdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko‘payib bormoqda. Oqibatda, zalolatga boshlovchi elektron nashrlar va videolavhalar keng yoyilmoqda. G‘alamis kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O‘zlarini «yaqin do‘st» yoki «hidoyatga chorlovchi» sifatida tanitib, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itmokda. Aslida, ularning din va shariat haqida umuman ilmlari yuq, faqatgina to‘da boshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o‘tmaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, ular bu johilligi bilan boshqalarni ham jar yoqasiga tortayotgani va kimningdir nog‘orasiga uynayotganini bilmaydilar. Bundaylar avval dinu diyonat, ibodat, jannat haqida turli jozibali so‘zlarni gapirib, g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan urib, oxir-oqibatda, razolat qurboniga aylantirmoqda. Islom ta’limoti buzg‘unchilikni, odamlar qalbiga vahima, dushmanlik va fitna urug‘larini sochishni qattiq qoralaydi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda dinni o‘zlariga niqob qilib olgan oqimlar, toifalar paydo bo‘ldi. Ular g‘arazli maqsadlari yo‘lida jamiyatda buzg‘unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to‘kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. Globallashuv jarayonida kishilarni, ayniqsa yoshlarni turli xil ko‘rinishdagi mafkuraviy xurujlar ta’siridan asrashda bir qator quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Jumladan, mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning ma’naviy ahloqiy tarbiyasini shakllantirish, yoshlar ongida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi ulug‘vor fazilatlarni kamol toptirishda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi asosida ish tashkil etish. Bugungi axborotlar jadal kechayotgan bir vaqtda axborot xurujlari asiriga aylanmaslik. Demak, axborot kurashi avj olgan XXI asrda yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya etishda ma’naviy-marifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini oshirish, hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqidagi chuqur tahliliy ma’lumotlarii yosh avlodga еtkazish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sananing 30 yilligi munosabati bilan 2019 yil 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasini hayotga to‘laqonli tadbiq etilishida globallashuv jarayonida o‘zbek tili va milliy ma’naviyatimizga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi tura olish zarurati to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tilgani bejiz emas. Bugungi kunda “globallashuv” so‘zi eng ko‘p ishlatiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, ushbu tushuncha inson va jamiyat hayoti rivojining hozirgi davridagi muhim xususiyatlarni, jumladan, tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, kishilik sivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o‘zida mujassam etadi.Globallashuv so‘zining lug‘aviy ma’nosi xalqaro integratsiya, ya’ni butun dunyo aholisining bir ijtimoiy tuzum ostiga birlashishi, bir xil vazifa bajarishi protsessi tushuniladi. Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman». Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, birinchi Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‘lanib borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi.10 Har bir ijtimoiy xodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lganidek globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Globallashuvning salbiy tomoni esa, ko‘p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo‘ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o‘z-o‘zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o‘z millatining raqobatbardoshligini ko‘tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Masalan, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda shunday degan edi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘lini ko‘rmayapman. Faqat qarshilik!».Hozirgi davr dunyo g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo‘q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o‘zgarishlar madaniy o‘ziga xosliklarga, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga, ularning ongi va mafkurasiga ta’sirini o‘tkazishini ta’kidlaydilar. Yosh avlodning miyasi hali yozilmagan oq qog‘oz misoli toza bo‘ladi. Unga nima yozilsa, kiritilsa, o‘sha narsa namoyon bo‘ladi. Biroq ushbu ta’sir doirasi to‘g‘risida har xil munosabat bildiradilar. Ma’lumki, xar kanday kasallikning oldini olish uchun avvalo, kishi organizmida unga karshi immunitet xosil kilinadi. Biz xam farzandlarimizni ona vatanga muxabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning mukaddas diniga sadokat ruxida tarbiyalash uchun, avvalo ularni kalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish lozim. Toki yoshlarimiz milliy uzligini, shu bilan birga, dunyoni chukur anglaydigan, zamon bilan baro-bar kadam tashlaydigan insonlar bulib еtishsin. Ana shunda joxil akida parastlarning da’vati xam, mutlako begona goyalari xam ularga uz ta’sirini utkaza olmaydi. Imom Buxoriy (810-870), “Bolaning tabiati islomiy (bu o‘rinda “ishonuvchan”) bo‘ladi, uni qanday g‘oyalar bilan to‘ldirish ota-ona va ustozga bog‘liq”. Globallashuv jarayonida internet yangi aloqaviy vositadir. Globallashuv jarayonida kishilar internetdan xohlagan manbani topadi. Internet ko‘pchilikni birlashtiradi yoki ajratishi ham mumkin, bundan tashqari agressiv maqsadda ishlaydi, ya’ni u mafkuraviy urush qurolidir, buni ilmda «kiberterrorizm» deydi. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Shulardan biri, bizningcha, internetda terrorizmni parvarishlovchi sahifalarni nazorat qilishga yo‘naltirilgan hamkorlikdir. Shunisi qiziqki, bu veb sahifalarning qurboni faqatgina yoshlar emas, balki katta yoshdagi kishilar ham o‘zining ma’naviy boyligining to‘liq emasligi hamda buzg‘unchi g‘oyalarga moyilligi tufayli qurbonga aylanmoqdalar. Buning uchun, terroristik deb tan olingan guruhlar, kimsalargamutaxassislar tomonidan tan olingan saytlarga serverlardan joy bermaslik, ularni yopishga qaratilgan chora-tadbirlarni qilish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda BMT katta rol o‘ynashi mumkin. Shubhasiz, bu yo‘nalishda ma’lum ishlar amalga oshirilib, muayyan halqaro hujjatlar ham qabul qilingan. Ammo kibermaydonda zikr etilgan illatlarning yoyilishi muammosini yuqori o‘ringa ko‘tarish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish fursati allaqachon еtib kelgan[12].
Mutaxassis olimlarning ko`rsatishlaricha, ayni shu munosabat bilan qirq yilcha avval G`arb tanlagan bu yo`l ilgarigi “yumshoq” keynscha sotsial kapitalizmni qayta qurish va uning asosiga yangi fundamentalistik neoliberalizm mafkurani qo`yish strategiyasi ishlab chiqilgan. Bu mafkura “manba`ga qaytish” deb talqin etilgan va D.Xarvining “Neoliberalizmning qisqacha tarixi” nomli kitobida yoritilgan. Ijtimoiy ong uni qabul qila olmagan edi. Zero unda avvalo ilgarigi klassik liberalizm pozitsiyasiga ham, yangi Reformatsiya g`oyalariga ham, dastlabki xristianlik g`oyalariga ham zid keladigan - universal gumanistik ideallardan voz kechishdan tortib to yangi budparastlikka qadar olib keladigan fundamentalistik kontseptsiya o`z ifodasini topgan edi. Ayni shu jarayonni nazarda tutarkan, Amerikaning taniqli faylasufi E.Toffler o`zining “Hokimiyatning siljishi” (1990) nomli kitobida “Yer qimirlashidan oldin uning tektonik qatlamlarida siljish bo`lganiday, jahon tarixida juda noyob hodisalardan biri sodir bo`lmoqda - hukmronlikning o`z mohiyati o`zgarmoqda”deb yozgan edi [13].
Kelgusi jarayonlar bu siljishning mohiyatini yanada aniqroq ko`rsatmoqda. AQSH rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan globallashuv jahon iqtisodiy tizimini, xalqaro xuquqni, madaniyatni va millat va elatlar statusini tubdan o`zgartirish orqali taraqqiyot paradigmasini o`zgartirishga, dunyoda shu yangi mafkuraga muvofiq yangi tartib o`rnatishga urinishning natijasidir.U tez orada hammaga taalluqli muhim ahamiyat kasb eta boshladi. CHunki, endilikda barcha madaniyatlar o`zligini saqlash uchun modernlashishga, ya`ni modernlashgan G`arb institutlari va texnologiyalarini o`z hayotlariga joriy etishga majbur bo`lgan edilar. Lekin bunday bozorlar allaqachon shakllanib bo`lgan va ularni tovar qiymati o`rniga uning ekvivalenti amal qiladigan deyarli yagona pul tizimi boshqara boshlagan edi. Boshqa tomondan qaraganda , chindan ham bu bozorlar ko`pchilik mamlakatlarning jadal iqtisodiy rivojlanishiga yordam berdi ham. Lekin, xalqaro savdo-sotiq faqatgina o`z iqtisodiy taraqqiyotiga foyda keltiradigan mamlakatlar eksportiga yordam berishini va bu endilikda ekologik hamda resurslar krizisi sharoitida kechayotganini hisobga olish zarur. SHuning uchun bunday bozorning yaratilishi istalgan yoqimsiz mamlakatni bir zumda bankrot qila oladi. Xatto, ba`zi mutafakkirlarning fikrlariga ko`ra, global hokimiyat (davlat) shakllangan bo`lmasa hamki, butun dunyoni boshqarayotgan global boshqaruv tizimi shakllanib bo`lgan va u faoliyat bajarmoqda. Bu tizim asosida kam sonli umumjahon institutlari – Jahon Valyuta Banki, Jahon Banki, Butun jahon savdo tizimi hamda butun dunyo muammolarini echayotgan bir xovuch egoelita yotadi, taqdiri ular tomonidan hal etiladigan juda katta ko`pchilikning esa bu erda ovozi o`tmaydi. Bu globallashuv siyosatining ko`pchilikdan iborat kishilar, tashkilotlar va mamlakatlarni shu ozchilikning qo`g`irchog`iga aylantirish quroli bo`lib xizmat qilayotganini ko`rsatadi. Albatta, bular haqida odatda rasman gapirmaydilar, aksincha, “bizning maqsadimiz - kambag`allikni umuman yo`q qilish” degan gaplar aytiladi, aslida esa “hamma ekkanini o`radi”, “bo`lib tashla va hukmronlik qil” shiorlari ostida amal qilinadi. Zero hozirgi davr voqealar rivoji va mantiqi ayni shunday xulosalarga olib keladi.
Ayni shu jarayonlar, bizningcha, hozirgi iqtisodiy, ayniqsa moliyaviy (finans) krizislarda va ular bilan uzviy bo`lgan turli siyosiy kuchlar orasida nizolarning keskinlashuvida, ayrim xalqlar o`rtasidagi qon to`kilishlarda o`z ifodasini topayotgan siyosiy krizislarda ham namoyon bo`lmoqda. Xatto keyingilarining keskinligi ekologik krizisnikidan kam bo`lmayapti. G`arb olimlari mazkur holatni ayrim davlatlar, ularning siyosiy rahbarlari, yoki diplomatlarning xatolari deb ko`rsatmoqdalar. Lekin bugungi kunda ko`pchilik olimlar, siyosatchilar, diplomatlar, tadbirkor-biznesmenlar va h.k larning butun e`tibori masalaning tub mohiyatiga emas, uning tashqi shakliga qaratilgan. Ular mazkur xaosdan (tartibsizlikdan, sirli qorong`ulik qa`ridan) qanday tartiblanish kelib chiqishini anglashga harakat qilmoqdalar. Vaholanki, poydevoriga yuksak ma`naviyat qo`yilmagan tartiblanishdan ijobiy natija chiqmasligi aniqroq. SHunday vaziyatda 2008 yilda jahon miqyosida boshlangan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning O`zbekistonga ta`sirini bartaraf etish yo`llari va choralari bo`yicha o`z vaqtida ishlab chiqilgan dasturning ahamiyati kattaligiga alohida e`tibor berish va ayni paytda siyosiy xushyorlikni ham esdan chiqarmaslik joiz [15].
Zero, G`arb tsivilizatsiyasi peshvolarining, ayniqsa AQSHning o`z krizislaridan chiqish uchun tanlagan yo`li nafaqat ijtimoiy hayotning byurokratlashtirilgani, politsiyalashtirilgani, jahon bozorining o`zlariga bo`ysundirilgani, globallashuvni o`zlaridan boshqa jamiyatlarni iqtisodiy va ma`naviy zaiflashtirish quroliga aylantirilgani bilan, balki jahon miqyosida buzg`unchi g`oyalarni oshkora tarqatilgani, va, ayniqsa, halqaro terrorchilik urug`ini sochilgani bilan ham ayanchlidir. G`arbning Derrida, Bodriyar, Jijek, Bak-Mors, Groys kabi taniqli mutafakkirlari xulosalariga ko`ra globallashayotgan dunyo terrorizmdan mustaqil emas, aksincha, terrorchilik aynan uning maxsulidir. Endilikda xalqaro terrorchilik hozirgi davr “ilg`or” insoniyati ma`naviy qiyofasini boricha, oshkor ko`rsatmoqda. “Terrorchilik ham ekzotik hodisa bo`lmay qoldi, - deb yozadi bu haqida Subbotin Aleksandr Alekseevich va Subbotin Aleksey Savel`evich, - u ijtimoiy ongning hamisha bezovtalikda yashash muhitga aylandi.” Bodriyarning ta`kidlashicha esa, AQSH ko`pdan buyon “butun dunyoga terrorcha tasavvurlarni singdirib kelmoqda” [16].
G`arb mutaxassis olimlari shularni nazarda tutib va qolgan 7 mlrd. aholini tizginda tutib turish mumkin emasligini hisobga olib, XX asrning 90 yillarida davlatlarni “internatsionallashtirish va ularni bir biri bilan bog`lash” deb nomlangan yangi nazariyani ishlab chiqdilar. Bu nazariya mohiyatan kapitalni, tovarlarni va ishchi kuchini, oxir oqibatda esa butun xomashyoni ham yagona markaz tomonidan taqsimlanishi yo`lga qo`yiladigan va bu ishda TNKning xalqaro qurolli kuchlari “tartib va barqarorlik” o`rnatadigan jahon markazini yaratishni ko`zda tutadi. Uning amaliy dasturi esa Erning tabiiy va energetik resurslari ustidan nazorat qilishni jahonning sanoat-moliyaviy elitasi qo`liga topshirishni ko`zda tutadi, davlatlarning o`z tabiiy boyliklariga bo`lgan suverenitetini bekor qiladi, ya`ni diplomatlar xomashyolarning milliy “uylar”ga tarqalib ketishi xavfini olish maqsadini oldinga suradi.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling