O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti “kimyo” kafedrasi


Download 189.16 Kb.
bet2/8
Sana25.01.2023
Hajmi189.16 Kb.
#1120524
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'aniyeva E. Kurs ishi

Аннотация
Этот курс содержит информацию о гидридах металлов и неметаллов, воде и перекиси водорода. Описывается значение и место в жизни человека и химии. Наполнен формулой и интересной информацией.

Annotation
This course provides information on hydrides of metals and non-metals, water and hydrogen peroxide. Describes the importance and place of human life and chemistry. Filled with formula and interesting information.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi. Masalan, 2030-yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. “Maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, islohot, natija haqida gapira olmaymiz”, dedi Prezident Sh.Mirziyoyev. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi, Moliya va Xalq ta‘limi vazirliklariga 2020-yilda xalq ta‘limi xodimlari oylik ish haqini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Uzoq qishloqlardagi maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, avtotransport uchun kreditlar berish ham ko‘zda tutilgan. Bu ishlar davlatimiz tomonidan izchil davom ettiriladi. Lekin bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan, o‘qituvchi va murabbiylarning o‘zi ham bilim va saviyasini oshirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obro‘sini oshirishi kerakligiga urg‘u berildi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, hududlarda 6 ta pedagogika institutlari mavjud. Respublika ta'lim markazi, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta‘limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, viloyatlarda ham shunday institutlar bor. Lekin o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning bilim va saviyasini yuksaltirishda, afsusuki, ularning o‘rni sezilmayapti. Yig‘ilishda pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatini tanqidiy o‘rganib, takomillashtirish, ularni eng nufuzli ta'lim muassasalariga aylantirish, pedagoglikka moyilligi bo‘lgan yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida tuzilma tashkil etilishi ma‘lum qilindi. Maktablardagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, qayd etildi. Maktablarga buyuk allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning nomlarini berish muhimligi ta‘kidlandi. Oiladagi ta‘lim-tarbiya muhiti, ota-onalarning mas‘uliyati va o‘qituvchilar bilan hamkorligi masalalariga ham e'tibor qaratildi. Maktab hayoti, fidoyi o‘qituvchilar haqida badiiy va hujjatli filmlar, spektakl va videoroliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi. “Moddiy va ma‘naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta‘limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tdi davlatimiz rahbari.Yig‘ilishda ishtirok etgan rahbar va mutasaddilar, ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali va fidoyi muallimlar, ziyolilar, mahalla faollari muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Download 189.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling