O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 296.5 Kb.
bet19/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

2.1 Badiiy nutq uslubi
Voqelikni badiiy idrok etish va uni ifodalashning asosiy vositasi badiiy uslub hisoblanadi. Badiiy uslub insonning fe’l-atvorini, uning ichki dunyosini, ruhiy holatlarini, tabiatdagi turli voqea – hodisalarni tugal, butun murakkabligi bilan ifodalash imkoniyatini о‘zida mujassam qilganligi bilan ham diqqatga sazovordir. Badiiy nutq uslubining eng xarakterli xususiyati tasviriylik va emotsionallik hisoblanadi. Agar ilmiy uslub umumlashgan tushunchalarni qat’iy qolipga solingan, maxsus terminlar va formulalar bilan anglatsa, badiiy uslub о‘z zahirasidagi sо‘zlar yordamida inson qalbi va tabiatining eng nozik nuqtalarigacha tasvirlash imkoniyatiga ega. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning tasviriy vositalaridan unumli va ijodiy foydalanadi, shuningdek, о‘zi ham yangi sо‘z va ifoda shakllarini yaratadi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud sо‘zlarni ishlatish bilangina chegaralanib qolishmaydi. Mahoratli yozuvchilar uchun mavjud tildagi sо‘z zahirasi har doim cheklangan imkoniyat hisoblanadi. О‘zlari yangidan-yangi individual sо‘z va iboralar ijod qilish payida bо‘lishadi. Badiiy nutqda til betakror qiyofa, fe’l-atvor, voqelikka mos manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Boshqa uslub materiallari badiiy nutqda muallif maqsadiga binoan erkin holda ishlatilishi mumkin. Bu uslubda har bir yozuvchi voqelikni badiiy idrok etish kо‘lami, ijodiy salohiyati, ifoda mahorati, matnni kompozitsion shakllantirish tarziga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga kо‘ra, badiiy nutq uslubi boshqalariga qaraganda keng imkoniyatlarga ega, о‘ta qamrovdor va tasviriy ifoda vositalariga boy nutq kо‘rinishi hisoblanadi. Badiiy matn badiiy nutq uslubida yaratiladi.
«Badiiy nutq asar ichida muallif tomonidan qay tarzda hikoyalanishiga qarab yozuvchining fikrlash doirasi, yozish uslubi, falsafiy mushohadasi haqida tasavvur hosil qilamiz. Muallif bayon jilovini badiiy-estetik niyatga kо‘ra goh о‘z qо‘lida ushlab turadi, goh personajlar qо‘liga tutqazadi, goh о‘zga hikoyachiga topshiradi. Natijada kitobxonni zeriktirmaydigan, realizmning mundarijasini kengaytira oladigan kо‘pqirrali tasvir-hikoya nutqi – polifonik nutq paydo bо‘ladi».40 Badiiy asar matnida muallif nutqi va qahramonlar nutqi farqlanadi. Qahramonlar nutqi ichki yoki tashqi, dialogik yoki monologik nutq kо‘rinishlarida bо‘ladi. Muallif nutqi badiiy asar tilining muhim qismi hisoblanadi. Unda qahramonlarga, voqelikka nisbatan yozuvchi munosabati ifodalangan bо‘ladi. Muallif nutqi ikki xilda ifodalanadi:

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling