O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Xiazmatik konstruksiyalar yordamida birikish


Download 296.5 Kb.
bet15/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

4. Xiazmatik konstruksiyalar yordamida birikish. Xiazm asosan, ikkita gapdan tashkil topgan matn kо‘rinishlarida uchraydi. Xiazm «X» harfi shaklida namoyon bо‘luvchi uslubiy vositadir. Ikkinchi gap birinchi gap komponentlarining teskari tarzda joylashuvidir. Bunda yozuvchining asosiy maqsadi ikkinchi gapda berilgan bо‘ladi. Birinchi gap ikkinchi gapdan anglashiladigan ma’noni bо‘rttirib ifodalashga xizmat qiladi.
Masalan: Shijoatli bо‘l. Biroq andishasiz bо‘lma.
Andishali bо‘l. Biroq shijoatsiz bо‘lma.
(О‘. Hoshimov)
«Xiazm poetik nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Uslubiy-semantik vazifa. Bunda ikki komponent mazmuni о‘zaro zidlik kasb etadi yoki aksincha, bir-birini mantiqan tо‘ldiradi. 2.Ekspressiv vazifa. Bunda о‘quvchi yoki tinglovchiga zavq bag‘ishlash, fikrni tez va uzoq vaqt esda saqlab qolishiga xizmat qilishi nazarda tutiladi. 3.Evfonik vazifa. Xiazmni yuzaga keltirayotgan bо‘laklar о‘zaro о‘rin va vazifa jihatidan almashinganda ohang ham shunga mos ravishda almashinib boradi.»34


5. Zamon va makon ifodalovchi birliklar yordamida ham matnni shakllantirish va uning komponentlarini bog‘lash mumkin. Badiiy asardagi voqea-hodisalar muayyan vaqt asosida rо‘yobga chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt muntazamligidan farq qiladi. «Vaqt ma’noli leksemalar matn qismlarini distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali, bevosita) bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal sо‘zlar leksik-grammatik bog‘lovchi vazifasini bajarib, matndagi xronologik ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi» 35.
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi kо‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi…(О‘.Hoshimov). Ushbu matnning shakllanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi gapda ertalab leksemasi yordamida sutkaning shu qismida sodir bо‘lgan tabiat hodisasi haqidagi informatsiya ifodalanyapti. Keyingi gaplarda ifodalangan hodisalar ham ayni vaqt birligida ketma-ketlikda rо‘yobga chiqqan. YA’ni: ertalab yomg‘ir yog‘di qattiq yog‘di oftob chiqdi charaqlab ketdi.
Makonni bildiradigan leksemalar ham matnni shakllantiruvchi vosita bо‘la oladi. Odatda yozuvchilar voqea sodir bо‘layotgan makonni batafsil tasvirlashga harakat qiladilar. Makon ma’noli leksema keltirildimi, albatta uning tavsifi ham beriladi. Shu tarzda matn yuzaga keladi. Gaplar о‘zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi.

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling